Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
381 
Yorab, ul oy husnin el fahmig‘a nomafhum qil,
Buyla mavjud etmasang, avval meni ma’dum qil. 
Barcha yuzdin uylakim ko‘zumni mahrum aylading,
Barcha ko‘zni ul pariyvash yuzidin mahrum qil. 
Bo‘lsa ishqimda qusure ko‘nglini mendin sovut,
Ishqim ar pok o‘lsa, toshdek ko‘nglin aning mum qil. 
Qilsa zulm ul zolim elni qilmag‘il, yo rab, zabun,
Chun tazallumdur ishim doim meni mazlum qil. 
To ko‘zum qutlug‘ yuzidin o‘zga sari tushmasun,
Har ne ko‘z ko‘rgay mening baxtimg‘a ani shum qil. 
To tirikmen ishqi harfidur ichimda, ey rafiq,
O‘lsam oni-o‘q mazorim toshida marqum qil. 
Demakim, bormu ekin mehrim Navoiy ko‘nglida,
Anda sensen, bir taammul aylabon ma’lum qil. 
382 
Bo‘ynumg‘a qayda qilg‘ay ul oy qo‘lini moyil
Kim, basdurur quloda it bo‘ynig‘a hamoyil. 
Yuz xo‘b jilva qilsa bormas ko‘zumdin ul oy
Kim, zarra xayli bo‘lmas hargiz quyoshqa hoyil 
Ulkim, kulub ko‘ziga surma chekar ne fikri?
Gar ko‘z yoshimdin o‘lg‘ay ko‘zning qorasi zoyil. 
Noz etki sarvu gulda, bal insu jinda yo‘qtur
Bu husnu bu latofat, bu shaklu bu shamoyil. 
Qil sig‘mas og‘zing ichra ko‘p nukta tong emaskim,
Nozukrak o‘ldi qildin har so‘zga bo‘lsa qoyil. 
Bu shukr uchun karam qil, soyilg‘a, ey g‘aniykim,
Ermastur ul tavongar, sen xidmatida soyil. 
Hijronda bexud istar o‘zni Navoiy, ey shayx,
Oyu yil ani usruk ko‘rsang, demaki, oyil. 
383 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
Zulfini ochmish sabo yuziga chiqmish tobi mul,
Zulfu yuzi aksidin to‘nig‘a tushmish dolu gul. 
Qon yutub ko‘nglum tilar har lahza ishqing dog‘ini, 
Qursi limu istagandek ahli ishrat ichsa mul. 
Par emas bulbulda, balkim otashin gul shavqidin
Gulxaniy devonadurkim, yuqmish a’zosig‘a kul. 
Yuzu xoling o‘ti to dog‘ etti, bo‘lmish loladek
Ko‘hi g‘am tiyg‘i jafodin chok-chok o‘lg‘an ko‘ngul. 
Borg‘usi garding falakka bodpolar sayridin,
Bodpoyingg‘a ne osig‘ atlasi aflok jul. 
Gar binafsha xattinga qulluq qilurdin qochmadi,
El aro nevchun erur boshi quyi, bo‘ynida g‘ul. 
Kirpik ermaskim Navoiy o‘tkay ul chobuk debon,
Ko‘z qora suyig‘a bog‘laptur qamishlar birla pul. 
384 
Ko‘nglung istar yorlar birla hamesha shod bo‘l,
Mendinu kimdinki, ko‘nglung istamas, ozod bo‘l. 
Garchi sabrim uyi yanglig‘ aylading vayron meni
Doimo, yo rabki, husnung mulkidek obod bo‘l. 
Men chekib anduh o‘lay, ey joni bo‘lsun ul Masih
Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod bo‘l. 
Bevafolar zulmu bedodig‘a ermassen harif, 
Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l. 
Tuttum o‘lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l. 
Chekma boshkim emin ermassen xazon yag‘mosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo‘l. 
Ey Navoiy, olam ahlig‘a chu yo‘q ermish vafo,
Kelu mundin nari, bekaslik bila mu’tod bo‘l. 
385 
Qomatingg‘a har zamon yuz jilva, ey zebo nihol,
Notavon ko‘nglumga har bir jilvasidin o‘zga hol. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling