Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
Evrulur ko‘nglumda ul chobuk xayoli har kecha,
Shu’laliq ko‘nglumni qildi charx fonusi xayol. 
Bosh qo‘yay dedim oyog‘i tufrog‘ig‘a dedi: qo‘y
Bo‘sa istab la’li rangin so‘rdum ersa, dedi: ol. 
G‘unchayi xandonki, derlar munfaildur og‘zidin,
Lek kulmak birla istar qilsa daf’i infiol. 
Xattu xoli hasratidin oncha ashkim oqtikim,
Bir ko‘zum tutti g‘uboru bir ko‘zumga tushti xol. 
Davr xam qildi qadingni, go‘shae tut, yo‘q aso,
Negakim, dard-o‘q bo‘lur zohir alif yondashsa dol. 
Ey ko‘z, onsiz o‘zga yuz ko‘rmakni qilmishsen havas,
Hajr tiyg‘idin o‘yul, yoxud Navoiydin uyol. 
386 
Bog‘ mendek sarg‘arib, bulbul meningdek bo‘ldi lol,
Go‘yiyo mundoq bo‘lur bir guldin ayrilg‘ang‘a hol. 
Yerdagi yofrog‘ g‘aribu xoksor ar bo‘lmasa,
Men kebi ne vajhdindur yuzi sarig‘, ashki ol? 
Sug‘akim tushmish qizarg‘an barglar, ko‘rgan kishi
Ko‘z yoshim ichra bag‘ir pargolasi aylar xayol. 
Shox Majnundurki, uryon bo‘lubon afg‘on qilur,
Barg Laylodurki, nilu igna birla qazdi xol. 
Hajr aro ohimg‘a boqmay bordi, lekin shukr erur
Kim, xazonda sarvg‘a osib yetkurmas shamol. 
Bu sarig‘ ruxsor uza har sari ashkim o‘xshashur
Bir xazonlig‘ bog‘ ichinda har taraf ravshan zulol. 
Vasl angla ishq bog‘ining bahoridin nishon,
Hajr, bilgil gar tilar bo‘lsang, xazonidin misol. 
Bu chaman ra’nolari sarkashlik etgandin ne sud
Kim, xazon torojidin emin emastur bir nihol. 
Ey Navoiy, bu xazon o‘lg‘ay bahor ila badal,
Kelsa davlat gulbuni shahzodayi sohibjamol. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
387 
Sarvnozim, yo‘q ajab, gar ro‘zadin topmish malol
Kim, su ichmasdan topar pajmurdalig‘ nozuk nihol. 
Yillar og‘zimkim qurutmishsen zuloli vasl uchun,
Bilding erkin shammaekim, sa’b erkandur bu hol 
Kun tush o‘lmay ro‘zavu issig‘din ul oy qildi za’f,
Ne haroratdur quyosh, yo rabki, topqaysen zavol. 
Ro‘za za’fidinki chiqmas uydin o‘lmish mohi nav,
Za’f ko‘rgilkim, to‘lun oyimni aylaptur hilol. 
Ro‘za muhri sog‘inib dermenki, olsam tishlabon 
Har qachon ko‘rsam aning shirin dudog‘i uzra xol. 
Sharbatin dermen ezay jon shirasidin qil madad,
Zulmatingdin tiyralik, ey Xizru chashmangdin zulol. 
Elga shom o‘lmish, Navoiyg‘a yuzungdin subh erur
Kim, sog‘insun ro‘za shomin, bor egach subhi visol. 
388 
Uyg‘onib subh uyqusidin mehr sham’in tor qil,
Ko‘z ochib harggo‘shadin bir fitnani bedor qil! 
Ko‘zni afsunsoz etib jonbaxsh labdin nukta ayt,
Somiriy sihrin, Masiho mu’jizin izhor qil! 
Ko‘z to‘la uyqu og‘irliq solmoq uchun qo‘l ochib,
Ul muhol ummid birla bizni minnatdor qil! 
Sep qora yer uzra xob olud ko‘zga su urub,
Ko‘z yetarcha yerni ul su birla nargiszor qil! 
Uyqudin ul gulni ko‘rmak gar murodim bo‘lmasa,
Ko‘zuma, yo rabki, har bir kiprigin bir xor qil! 
Do‘st matlub ersa g‘aflat uyqusidin ko‘z ochib
Uchmoq ummidi, tomug‘ biymidin istig‘for qil! 
Ey Navoiy, tushta ul oy dedikim, vasl istama!
Aks erur tush, sen talabni ulcha mumkin bor qil! 
389 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling