Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
220 Ul mukahhal ko‘z jafosidin agar bo‘lsam qatil, Surma toshidin yasab qabrim qo‘yung boshida mil. La’li jon olg‘an dalili ulki, yo‘qtur elg‘a jon, Buki elga jon bag‘ishlaydur, bu dag‘i bir dalil. Rashkdin har sari ishqing dog‘in aylarmen nihon, Bog‘labon marham diram har yon yoshurg‘andek baxil. Yuzda yo‘llar shakli tutmish qon yoshimning xatlari, Kelki, qilmish ko‘z xayoling xaylig‘a qonin sabil. Orazingdin xay manga tomg‘aymu deb tufrog‘ men, Ul kishi yanglig‘ki, bo‘lg‘ay obro‘ istab zalil. Soqiyo, tut bir qadah maykim, eritgay toshni Kim, g‘amu anduh g‘izosidin erur ko‘nglum saqil. To ani ichkach, Navoiyg‘a ochilg‘ay gulsiton, Gar sabuk ruhona kirsa o‘tqa andoqkim Xalil. 390 Qilg‘ali xil’atin ul sarvi gulandom qizil, Qildi qon to‘kmak ila dahrni gulfom qizil. La’li shavqi bila gar bo‘lsa ko‘ngul qon ne ajab Kim, qizil may bila to‘lsa ko‘runur jom qizil. Charx agar holima qon yig‘lamadi hajr tuni, Nega bas bo‘ldi shafaqdin yuzi ul shom qizil. Qildi qonlig‘ ko‘ngul ul zulf xayolin rangin, Raqam etkan kebi shingarf bila lom qizil. Gul sevarmenki, bu rang etkali xil’at ul sho‘x Ranglar ichra berur ko‘ngluma orom qizil. Husn sotma shafaqing rangidin, ey zoli sipehr Kim, ani qo‘ymag‘usi gardishi ayyom qizil. Komi dil garchi Navoiyg‘a mayi la’ling erur, Bo‘lg‘usi chehrasi xunob ila nokom qizil. 391 Yo‘qturur olamda ahli ishqdek bechora el, Hajr zulmi birla xonumonidin ovora el. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 221 Ishq saylobi jafosi birla hijron tiyg‘idin Xotiri vayron jamoat, ko‘ngli yuz ming pora el. Chiqsang uydin telba bo‘lmoq olam ahli ne ajab Ko‘rmamish hargiz chu sendek bir pariy ruxsora el. Anglakim, ovora bo‘lg‘anlardur ul oy ishqidin Hajr sahrosida ko‘rsang tog‘u vodiy ora el. O‘rtab, ey hijron, meni dudumni qil ko‘yida miyg‘, To ul oy husnig‘a aylay olmag‘ay nazzora el. Chun qazo tag‘yir topmas komi ozlig‘din, gila Mahz nohamvorlig‘dur aylamak hamvora el. Ey Navoiy fitna yog‘dursa ul oy ishq ahlig‘a, Osmondin harnekim kelsa ne qilg‘ay chora el? 392 Kecha bordi yoru andin qolmadi giryon ko‘ngul, Ollida mash’al sog‘indim bor emish so‘zon ko‘ngul. Ul sifatkim, g‘unchaning tab’ida bo‘lg‘ay gul nihon, Orazing naqshin ichinda aylamish pinhon ko‘ngul. Topmas erdim ko‘yida istab, agar xud zaxmidin To‘kmasa erdi qayon azm aylagandin qon ko‘ngul. G‘unchayi ummid agar la’lingdin uzman, ayb emas Kim kishiga jonidin uzmak emas oson ko‘ngul. Hajr aro jonlar berib chunkim qo‘shuldi yorig‘a, Ey rafiq, ayrilmoq andin emdi ne imkon ko‘ngul. Bir nasihat qilg‘um, ey ishq ahli, aylang istimo’, Solmangiz har sori ko‘z, to bo‘lmasun har yon ko‘ngul. Ey Navoiy, yordin tushmak yiroq imkon emas, Ko‘yidin chun ixtiyor etmas dame hijron ko‘ngul. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling