Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
Navoiy za’fin anglab o‘zgaga haml etma javrungni
Ki, yillar ushbu og‘ir yukni chekkan notavondur ul. 
377 
Qani bir chehraki mayl etkay anga xasta ko‘ngul,
Qani bir zulfki, bo‘lg‘ay anga vobasta ko‘ngul. 
Zaxmiy og‘zida labing zikriyu ahvoli qatiq,
Jon yetib og‘zig‘a hol ustidadur xasta ko‘ngul. 
G‘ussa tirnog‘i bilakim qilur atrofini resh,
Naqsh etar egma qoshing shaklini payvasta ko‘ngul. 
G‘am yeman buzdi esa ko‘nglum uyinkim, qo‘ymas
Maxzani ishqini to bo‘lmasa shoyista ko‘ngul. 
Tah-batah qon demakim, ikki yuzung shavqidin
Dard bog‘ida qilur lolavu guldasta ko‘ngul. 
Ko‘nglung ar bo‘lmasa vobasta, tong ermas, ey shayx,
Bormu oxir bori olam aro vorasta ko‘ngul. 
Zulmidin desa Navoiyki, qilay ishqin tark,
Man’ etib ichkaridin yolbarur ohista ko‘ngul. 
378 
Har kishi ko‘rsa qizil xoroda ul mahvash jamol,
Qon yoshim mavji aro qilg‘ay quyosh aksi xayol. 
Novakin chekmangki, chirmalmish anga jon rishtasi
Kuch bila chiqmoq ne imkon resha berkitkan nihol
Ul quyoshning markabi ko‘k tavsanidur ne ajab,
Gar rikob o‘lmoqqa bosh bir-birga yetkurgay hilol. 
Nun boshinda shamra yanglig‘dur qoshing uzra girih 
Oraz uzra nuqta mislidur uzoring uzra xol. 
Go‘yiyo qilg‘ay shafaq birla quyoshtin rang hal,
Sun’ naqqoshi tasavvur qilsa chehrangdin misol. 
Mayda soqiy aksini ko‘rgach egildim o‘pgali,
Bosh ko‘tarman emdi, ya’nikim topibmen infiol. 
Ey Navoiy, o‘lgil andin burnakim, yetkay ajal


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
Kim, ajal yetkach o‘larga bermagay shoyad majol. 
379 
Qildi ovora meni xastani ovora ko‘ngul,
Xonumonimni qora qildi yuzi qora ko‘ngul. 
Itlaring ollida yuz pora ko‘ngulni soldim,
Muna ko‘r, har birining og‘zida bir pora ko‘ngul. 
Yor yuz pora qilib bordi hazin ko‘nglumni,
Hech o‘sonmay yana har lahza borur pora ko‘ngul. 
Yosh to‘kar ko‘nglum aning vaslig‘a mayl aylasa ko‘z,
Qon yutar ko‘z, yuzini aylasa nazzora ko‘ngul. 
Noz o‘qin jon bila jismimg‘a urub xud o‘ttung,
Boqki, qoldi boqibon yolbora-yolbora ko‘ngul. 
Lu’bati dahr firebi bila boziy yemakim,
Bermadi kimsaga bu shohidi makkora ko‘ngul. 
Ko‘ngli istarki, sinuq bo‘lsa Navoiy ko‘ngli,
Bo‘lmasun shisha ko‘ngul qasdida, vah, xora ko‘ngul. 
380 
Ne qoshu yuzdurur sanga, ey sun’i loyuzol,
Bir oy boshida ko‘rmadi hech kim iki hilol 
Og‘zi so‘zin demakda beli yodima kelur,
Ore daqiq nukta aro yuz berur xayol. 
Ko‘zu qoshing biaynih nargis boshinda nun,
Zulfung ayog‘ing ostida chun vard ayog‘i dol. 
Xat lafzi kimki yozsa qo‘yar nuqta yuqori,
Mushkin xatingning ustida andoq ko‘rundi xol. 
Sarsabz erur hamesha bu gulshanda sarvdek,
Ozodaeki bo‘lsa mizojida e’tidol. 
Vasl istaram ayon qilibon ashk durlarin,
Soyil yetimlar yig‘ib etkan kebi savol. 
Ul chobuk ollida boshin etti Navoiy go‘y,
Chavgon sarguzashtima basdur guvohi hol. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling