Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
207
To‘rt unsur qaydidin to chiqmag‘aysen, naf’ emas
Osmoniy to‘rt daftarni tutaykim yod bil.
Eyki debsen, haqni ne ta’rifu
vasf ila bilay,
Vasfdin mustag‘niyu ta’rifdin ozod bil.
Tengri zikrikim, maloyikka g‘izoyi
ruh erur,
Bu g‘izoni haq yo‘lig‘a kirgan elga zod bil.
Gar habibim qilsa izhori kalom, ey
piri dayr,
Isoyi Maryamni ul dam gungi modarzod bil.
Mantiqi ishq ichra oshiqni tasavvur ayla nav’,
Fard bo‘lg‘anlarni bu yo‘lda anga afrod bil.
El oyog‘ig‘a tushardin boshqa chiqmoq rasmini
May kuhanpiridin ushbu dayr aro irshod bil.
Ey
suluk ahli, qachon maqsud topqumdur desang,
Mosivallohni fano ko‘rgan kunin miy’od bil.
Eyki debsenkim, bilay tavhid
sirridin xabar,
Shar’din nekim tajovuz ayladi ilhod bil.
Do‘st vaslin topmag‘an dunyovu uqbodin kechib,
Ushbu dardingg‘a Navoiy holin istishhod bil.
365
Og‘zidin chiqqan
hadisi nozuku ranginni bil,
La’l suftidin chiqarg‘an rishtadur rangi qizil.
Bir zabona har yaramda so‘zi ishqingdin erur,
Ko‘nglum o‘ti sharhig‘a ochqan og‘izlar ichra til.
Ey ajal, ko‘yida boshim qil og‘irkim, aylamish
Hajr
ashkim saylin ildam, za’f jismimni yengil.
Qon yosh ichra g‘arqadur jismim, chiqar, ey mug‘bacha,
Ko‘rsang andoqkim olursen la’lgun may ichra qil.
Xo‘blar har dam o‘tar sensiz qoshimdin, vahki, bor
Har nafas hajring manga bu oylar o‘tgan birla yil.
Sarsaredur har daming maqsud izin gum qilg‘ali,
Gar bu vodiy ichra g‘aflat birla yuz ming yil tiril.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: