Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
210 Labing havosig‘a borur tuzub qator ko‘ngul, Chamanda qon yog‘ar o‘tsang, magar sanavbar uza Ochar jarohati og‘zini har figor ko‘ngul. Tutashqan o‘t durur o‘tun aro, bukim topmas Firoqing o‘qlari birla dame qaror ko‘ngul. Fatilalarni yaramdin chekib tutashturdi, Magar g‘amingda qo‘yar dog‘i intizor ko‘ngul. Firoq zaxmida ochmish og‘iz ketur, soqiy, Qadahki, istamas o‘lmog‘ni hushyor ko‘ngul. Ne mehr isi, ne vafo rangi topqung, ey bulbul, Bu bog‘ gullariga berma zinhor ko‘ngul. Navoiy etkay aning tarkin ixtiyor, vale Qachon berur anga bu ishda ixtiyor ko‘ngul. 370 Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el, Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el. To‘sh-to‘shumdin baski rasvolig‘ o‘ti lov-lov yonar, Har taraf yo‘ldin chiqarlar o‘tsalar yonimdin el. Baxtim uyqusig‘a go‘yokim surudedur hazin, Ko‘yida bukim uyumas har tun afg‘onimdin el. Tanimaslar bir-birin yog‘qan mazallat gardidin, So‘rg‘ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el. Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar, Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog‘i pinhonimdin el. Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf, Ka’bayi ko‘yin xabar topquncha borg‘animdin el. Ey Navoiy, qilmag‘aylar ayb agar devonamen, Ul pariy vasfin o‘qug‘an soyi devonimdin el. 371 Qaro ko‘zum kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 211 Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il. Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la, Itingga g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il. Firoq tog‘ida topilsa tufrog‘im, ey charx, Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il. Yuzung visolig‘a yetsun, desang, ko‘ngullarni, Sochingni boshtin-ayog‘ chin ila shikan qilg‘il. Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas moni’, Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il. Yuzida terni ko‘rub o‘lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il. Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang, Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il. 372 Nomasi qo‘ynumda baskim, iztirob aylar ko‘ngul, O‘pgali chiqmoqqa go‘yokim shitob aylar ko‘ngul. Toza butmish erdi ko‘ksum choki, vahkim, tolpinib Chiqqali ul raxnani har dam xarob aylar ko‘ngul. O‘qi zaxmi yo‘lidin solsam ichimga nomasin, Bir fatila marham o‘rnig‘a hisob aylar ko‘ngul. Chirmabon jon pardasin manshur uza volo kebi Ko‘rmasun deb g‘ayr ani, go‘yo niqob aylar ko‘ngul. G‘unchadek qat-qat bo‘lub qon ul musofir shavqidin Nomasi yanglig‘ damo-dam pechu tob aylar ko‘ngul. Mubham ermish ruq’asi davronning, asru yovakim, Jong‘a bu andeshadin har dam azob aylar ko‘ngul. Ey Navoiy, ochti ko‘ksumning tikilgan chokini, Nomasi qo‘ynumda baskim, iztirob aylar ko‘ngul. 373 Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey ko‘ngul Kim, erur har satri, bal har lafzi marg‘ub, ey ko‘ngul. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling