Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
208 Ey Navoiy, faqr tufrog‘ig‘a ko‘p to‘ktung sirishk, Gar tilar bo‘lsang fano ham anda-o‘q emdi yiqil. 366 Aningdek mastmen day subhikim, bu mushkil ermas hal Ki, mayliq shisha quyg‘an shiradur yo shu’laliq manqal. Quyoshdek titramak daf’in sahargah orzu qilsang, Quyoshdek jomni titrab sumurmak farz erur avval. Muningdek faslkim, tun mushkini charx etti kofuriy, Sabuhiy maydin ulkim, bo‘lsa loya’qil erur a’qal. Sudo’im g‘olibu gulgun mayimni muhtasib to‘kmish, Topib ollimg‘a ul balchiqdin-o‘q surtay qizil sandal. Sovug‘ yo tiyra ersa day sabuhi, ista ravshan may, Netarsen mehr o‘tidin shu’la yo oy nuridin mash’al. Xush ul maxmurlug‘din tiyra ko‘zkim, ochqach-o‘q bo‘lsa, O‘shul ko‘zguga soqiyning hiloli qoshidin misqal. Mahosin subhdin bog‘lab, sochar o‘t og‘zidin gardun, Sabuh ahli, nishot aylangki, topmishsiz ajab mahzal. May ichra aks erur soqiy yuzidin anglaman, yoxud Ko‘zum nazzoradin to‘rt o‘ldi, yoxud bo‘lmisham ahval. Quloq har so‘zga solma istasang ishq ichra rasvolig‘ Ki, voiz ko‘p chekib faryodu nosih ko‘p degay muhmal. Muyassardur, Navoiy, yor vasli xilvati topsang Ki, ya’ni bo‘lmasa ul xilvat ichra o‘zlugung ankal. 367 Yuzungni ko‘rdum emdi ko‘zlarimni bog‘la, ey qotil Ki, nogah bo‘lmag‘aylar o‘zga yuzni ko‘rgali moyil. Kitob avroqidek bo‘lg‘ay musattah qolmayin davri G‘amim toshig‘a bo‘lsa bir nafas to‘quz falak homil. Meni bedilning ohin o‘gmakim, olamni kuydurdi, Hanuz ermas ko‘ngulning shu’lasi bu o‘t aro doxil. Tanimda gul emas gulxan nishoni telbalikdinkim Kul o‘ldum o‘rtanib ishqing o‘tidin, lek sen g‘ofil. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 209 Labing shavqi ko‘nguldin xalq ta’n aylab qachon ketsun, Sabodin g‘unchaning hargiz bo‘lurmu humrati zoyil. Nedur oy safhasi bo‘lg‘an qoradin dog‘lig‘, go‘yo Jamoling daftarin yozg‘anda bo‘lmish bir varaq botil. Mening jurm ichra uzrum shayxning zuhd ichra ujbidin Batardur do‘st lutfi holima gar bo‘lmasa shomil. Fig‘oni o‘qidin bulbulning, ey gulbun, hazar qilkim, Tikan paykonig‘a gul javshani hargiz emas hoyil. Navoiy qullug‘in faqr ahlining piri qabul etsa, Erur bir banda ozod aylagan yanglig‘ shahi odil. 368 Hajr o‘tig‘a istasang yoqilmag‘aysen, ey ko‘ngul, Yordin zinhorkim, ayrilmag‘aysen, ey ko‘ngul. Vah, ne toli’durki topmay umre istab yorni, Chun seni yor istagay topilmag‘aysen, en ko‘ngul. Buki qon bo‘ldung desangkim, oshkoro bo‘lmasun Mayl etib yoshlar sari qotilmag‘aysen, ey ko‘ngul. Desalar: Laylomu ortuq husn aro yo ul pariy? Garchi Majnunsen kerak yong‘ilmag‘aysen, ey ko‘ngul. Qildi chun soqiy labi yetkan qadah hushungni mahv. To abad zinhorkim, oyilmag‘aysen, ey ko‘ngul. G‘unchasen g‘amdin, vale soqiy bahori orazin Ochsa bilmankim, nedin ochilmag‘aysen, ey ko‘ngul. Davlati boqiy Navoykdek erur topmoq muhol, To tamom o‘zlukni foniy qilmag‘aysen, ey ko‘ngul. 369 Chamanda qonini baskim oqizdi zor ko‘ngul, Sog‘inma g‘unchaki gulbun keturdi bor ko‘ngul. Ne gullar ochqay alam gulshanida g‘uncha kebi Nihoniy zaxmlarin qilsa oshkor ko‘ngul. To‘nungda tugma emas barcha la’li paykoniy, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling