Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
Samandi po‘yasidin sarsar urg‘an o‘t yanglig‘, 
Ne holat erdi sanga, ey ko‘ngulki qo‘zg‘alding. 
G‘amim yukin ko‘tarib, ey sipehr, hajr tuni
Chu qilmading harakat go‘yiy asru tavshalding. 
Dedim taronayi jonbaxsh mutribo, sen xud
Firoq sozi tuzub o‘lturur kuki cholding. 
Visol gulshanin, ey jon qushi, ko‘p istarsen,
Bu domgah aro go‘yoki asru qiynalding. 
Fano yo‘lida Navoiyg‘a bo‘lmading hamrah,
Bu dasht po‘yasidin, zohido, magar tolding. 
361 
G‘am toshin jismimda paykoning bila band aylading,
Ul samarni bu yig‘ochqa bargpayvand aylading. 
Chun shakar shirinlik izhor etti la’ling ollida,
Demayin, qilding tabassumkim, shakarxand aylading. 
Elga ishrat bodasi tuttung yoyib xoni visol,
Vahki, bizni qon yutub, g‘am yerga xursand aylading. 
Istamas bo‘lsang meni, bulbul kebi shaydo, nedin.
Yuzni gulgun boda birla gulga monand aylading. 
Qilding ul yuz jannatidin ayru bu ko‘z mardumin
Odamu har sari yoshin anga farzand aylading. 
Dahr bog‘ining gulida yo‘qturur bo‘yi vafo, 
O‘zni, ey bulbul, agar parkand-parkand aylading.
Ey pariy, debsen Navoiy bor emish Majnun kebi,
Bir yo‘li ul telbani qaydin xiradmand aylading. 
362 
Ey visol ahli, ul oy ko‘nglini xushhol tutung,
Gar halokim xabaridin ovunurkim, ovutung. 
Yuz tuman mendek aning ko‘ngli rizosig‘a fido
Men agar o‘lsam o‘lay, siz ani xushhol tutung. 
Gar so‘zum yaxshi-yomon xotirig‘a kelmas xush,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
Ul unutqan kebi lutf aylangu siz ham unutung. 
Mohvashlar bila kunduz beringiz bazmig‘a zeb,
Sham’i may birla shabistoni firog‘in yorutung. 
Nozanin xotirig‘a kelmasangiz siz dag‘i xush,
Yovumang men kebi bazmig‘avu xunoba yutung. 
Ishq aro xoru zabunluq kerak, ey ahli junun,
Orag‘a g‘ofilu ra’noni demankim yovutung. 
G‘amzasi biymi ko‘p achitti Navoiy og‘zin,
La’li payg‘omi bila bir dag‘i komin chuchutung. 
363 
Ishq keltursa ishim dayri fano azmida o‘ng,
Xonaqah kunji havas aylamayin andin so‘ng. 
Rostlar ma’manidur dayr, tuz ur ul sari gom,
Kimki ul egri qadam urdi, ishi kelmadi o‘ng. 
Himmat ahli bila har tiyrag‘a tegmas parvoz
Nasri toyir bila ne nav havo qilg‘ay qo‘ng. 
Borkashlarga fano man’i qachon qilg‘ay joh?
Tevaning ko‘ngli kichikdur gar erur paykari cho‘ng. 
Ohu ashkidin erur o‘tu su ichra oshiq
Zohido, ne g‘am anga gar qizig‘ o‘lg‘il, gar to‘ng. 
Zo‘r bozu kishiga dahr chu qo‘ymas jovid, 
Sa’y etib qo‘lda birovni, chu yetar emdi qo‘lung. 
Karamin ista Navoiyki, kishi toat etib.
Noma ma’lum emas, so‘l qo‘lidindur yo o‘ng. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling