Shukronalik baxtning kaliti
Inson nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan koʻra sholgʻom eksa, qozoniga tushadi-ku.Inson nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi? Undan koʻra bulbulni shoʻrvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku.
Inson nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni koʻrib, koʻngli zavqqa toʻladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku.
Inson nima uchun kitob oʻqiyotib, suyukli qahramoni oʻlib qolsa yigʻlaydi? Uni yozuvchi “ichidan toʻqib chiqargani”ni biladi-ku?
Inson nima uchun oʻzga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsayu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yigʻlab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku.
Inson nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Goʻdak alla eshitmasa uxlamaydimi?
Inson nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval oʻtib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi? Marhumni ular koʻrmaydilar-ku?!
Gap shundaki, Insoniyatni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Maʼnaviyat deb ataladi.
Oʻtkir HOSHIMOV
Darhaqiqat O'tkir Hoshimovning ushbu so'zlaridan ham ko'rinib turibdiki biz insonmiz, ongimiz, ma'naviyatimiz,idrokimiz bor. Bizdagi bu xususiyatlar insonlardan boshqa jonzotlarga berilmagan.Biz inson bulib tug'ilgan ekanmiz albatta bunga shukrona aytishimiz lozim.
Shukr qilishlik imonning yarimi hisoblanadi.
Bir rivoyatda esa “Imon - sabr va shukrdan iborat” deb ham aytilgan.
Shuning uchun ham Alloh taolo barchamizni shukr qilishga amr qilib, uning ziddidan qaytargan, shukr aytuvchilarga chiroyli mukofotlarni va’da qilib, O‘zining fazilati, karami va ne’matlarining yanada ziyoda bo‘lishiga shukrni sabab etgan va O‘zining go‘zal ismlaridan birini shukr orqali ifoda qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |