Inson nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan koʻra sholgʻom eksa, qozoniga tushadi-ku


Shukronalik eng avvalo insonni nafsdan tiyishga, qanoat va sabr qilishga undaydi. Shukrli odamning ko‘zi to‘q bo‘ladi, yasama shon-shuhratdan tiyiladi


Download 10.38 Kb.
bet2/3
Sana23.01.2023
Hajmi10.38 Kb.
#1111902
1   2   3
Bog'liq
Shukronalik baxti

Shukronalik eng avvalo insonni nafsdan tiyishga, qanoat va sabr qilishga undaydi. Shukrli odamning ko‘zi to‘q bo‘ladi, yasama shon-shuhratdan tiyiladi.
Inson qoʻlidagi neʼmatlarga shukur qilar ekan, neʼmatlar ziyoda boʻlishiga guvoh boʻladi. Nolish, inkor qilish ila qoʻlidagi neʼmat ham yoʻq boʻladi. Alloh taolo bandalariga mislsiz neʼmatlarni inom etdi. Faqatgina bir talab, ana shu neʼmatlarga shukr qilishni talab etdi.
Bugun koʻp doʻstlarimizni yoru-birodarlarimizni noshukrlik qilib noliyotganliklariga guvoh boʻlamiz. Yetti muchali sogʻ odam bugun hamyonida mablagʻi yoʻq boʻlsa, shunga nolishi kerakmi endi? Borib, shifoxonalarda qoʻl - oyogʻi yoʻq, yoki xastalanib, ajalini kutib yotgan bemorlarni koʻrsinlarda qanday buyuk neʼmat sohibi ekanliklarini his qilsinlar.
Uy-joylari eskirib qolganiga noliyotganlar esa, uy-joysiz, ijarami-ijara yoki olisda Vatangado boʻlib yurganlarni koʻrsinlar.
Tufligim eski” deyotganlar umuman kiyishga oyoq kiyimi yoʻqlarga, “Piyoda yurmayman hashamatli mashina oberasiz” deb dadasiga noliydiganlar esa umuman oyogʻi yoʻqlarga nazar solib, qanday neʼmatlar ichra yurganlarini, o'z oyog'ida chopqillab yurish qanchalik baxt ekanligini his qilsinlar. Shunday yurtda tinch-omon tong ottirayotganliklariga shukr qilsinlar, zero, eʼtibor berib qarasak, bugun oʻzga yurtlar boshida qora bulutlar sangʻib yurganiga, ular tinchlikni butunlay yoʻqolganiga guvoh boʻlasiz.
Neʼmatlar nihoyatda koʻp, eng buyuk neʼmat – iymon, ilm neʼmatlaridir.
Demak natijaga sabr bilan, harakat hamda birdamlik bilan erishiladi. Inson qachon boy boʻladi bilasizmi? Qanoatli, shukrli banda haqiqiy boy hisoblanadi. Qanoat ila boy boʻlish – bor-yoʻgʻiga koʻnmoq bilan boʻladi. Shukrning qanoatdan ham afzallik jihati bor. Shukr neʼmatning boriga xursand boʻlish, qolaversa, neʼmatning ziyoda boʻlishiga sababchi omildir. Har qanday neʼmat shukr bilan ziyoda, shikoyat bilan nuqsonli boʻladi.
Alloh bizga berganiga shukr qilsak, Alloh yanada ziyoda qiladi. Banda ikki qoidani bilib olishi kerak, yaʼni bir insonga ikki qanot kerak, bilasizmi u nima? Biri shukr, ikkinchisi sabrdir. Masalan: mashaqqat ustida sabr qilib, boriga shukr qilsak, Alloh taolo Oʻzining fazli ila yengillikni ato qiladi. Yengillikda ham shukr qilsak, Alloh yanada ziyoda qiladi. Bizning hamyonimiz sabr va shukr boʻlsin.
Qarang, Yurtimiz tinch. Oʻqishga, ishga ketayotgan odamning ota-onasi nima deydi? “Bolam, yaxshi oʻqib kelgin”, “Oʻgʻlim, ishing baroridan kelsin” yoki “Yaxshi borib kelgin” deyishadi.

Download 10.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling