9. Ekonometrikaning paydo bo‘lishi tarixiga bir nazar solib ko‘ring


Download 17.29 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi17.29 Kb.
#1053400
Bog'liq
ekonometrika 9-12


9. Ekonometrikaning paydo bo‘lishi tarixiga bir nazar solib ko‘ring.
“Ekonometrika” 
iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan 
(u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga 
algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari 
to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan. 
Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi 
iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. 
“Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” 
so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida 
ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning 
mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va 
munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy 
hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir. 
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni 
birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika 
va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan. 
Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi 
tadbiq etilgan. 
10. Ekonometrik tadqiqotlar qanday masalalarni o‘z ichiga oladi?
Ekonometrik tadqiqotlar quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
- iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishlarni sifat jihatdan tahlil qilish, ya’ni bog’langan ( Yj ) va bog’liq bo’lmagan ( Xj ) o’zgaruvchilarni ajratish;
- ma’lumotlarni tanlash;
- va o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish shaklini aniqlash;
- model parametrlarini aniqlash;
- sohta o’zgaruvchilarni kiritish;
- avtokorrelyatsiyani aniqlash;
- trendlarni, davriy va tasodifiy komponentalarni aniqlash;
- bog’lanish shaklini aniqlash va birpaytli tenglamalar tizimini tuzish;
- identifikatsiya shartlarini tekshirish;
- birpaytli tenglamalar tizimining parametrlarini baholash;
- davriy qatorlar tizimi asosida modellashtirish: statsionarlik va kointegratsiya muammolari;
- integratsiya muammolari va parametrlarni baholash.
11. Model va iqtisodiy model nima?
Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Bir tomondan, modellar oson o’rganiladigan bo’lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo’lmasligi kerak — binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo’ladi.
Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o’rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak, model o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.
Ekonometrik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi.

12. Iqtisodiy-matematik model nima, modellashtirish deganda nimani tushunasiz va u qanday elementlarni o’z ichiga oladi?


Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:

  • sub’ekt (tadqiqotchi);

  • tadqiqot ob’ekti;

  • o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini vositalovchi model.

Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning ekonometrik modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi.


Ekonometrik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi.
Modellashtirish va modellar o’zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab, moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo’linadi.
Moddiy modellar asosan o’rganilayotgan ob’ekt va jarayonni geometrik, fizik, dinamik yoki funktsional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob’ktning kichiklashtirilgan maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bunga misol bo’la oladi. Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo’lib, ular tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar sistemasidan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan foydalaniladi.Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma’lum tillarga asoslangan belgilar majmuidan iborat.
Amaliy maqsadiga ko’ra iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning umumiy xususiyatlari va qonuniyatlarini tadqiq qilishda ishlatiladigan nazariy-analitik modellarga va tayinli iqtisodiy masalalarni echishda qo’llaniladigan amaliy modellar (iqtisodiy tahlil, bashoratlash, boshqarish modellari)ga bo’linadi.
Download 17.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling