Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
369
Adam xonaqohida xilvatguzin. 
Tikib xirqalar egniga ahli roz,
Aning qoptani vuslasidin tiroz. 
To‘ni charxu anda o‘zi bir jahon,
Jahonni qilib bir to‘n ichra nihon. 
O‘tuk ultangi taxta na’layn anga, 
Bo‘lub har qadam o‘rni kavnayn anga. 
Falakdin sipohi fano oshurub,
Sipohiyliq ichra o‘zin yoshurub. 
Jamol ichra tong boshi nohiddek,
Kamol ichra tush vaqti xurshiddek. 
Vafo anga pesha, saxo anga fan,
Vafovu saxo koni Sayyid Hasan. 
Zihe ravzadin xulqung ortuq base,
Kelib bog‘i qadringda tubo xase. 
Chu sensen bugun olam ahlida fard
Ki, holin de olg‘ay sanga ahli dard. 
Mangakim, vidodingg‘a xursandmen,
Kanobingg‘a shogirdu farzandmen. 
G‘ame yetti charxi jafopeshadin,
Hamul anjumi xorij andeshadin. 
Ki, bo‘lmoq vatan ichra dushvor edi,
Ko‘ngulga jalo daf’i ozor edi. 
Safar tushti ollimg‘a beixtiyor,
Qazo amrida elga ne ixtiyor?! 
Bilurmen seni ham safardin qazo,
Agar qaytarurg‘a qilib iqtizo. 
Qilib avd, mayli vatan aylasang,
Ichib boda azmi chaman aylasang. 
O‘z ilgingga jomi mayi nobni
Olib istasang bir-bir ahbobni. 
Alarni chu may birla shod aylagung,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
370
Meni dog‘i, albatta, yod aylagung. 
Bu azmimni shoyadki taftish etib,
Firoqim zamiringg‘a tashvish etib
Meni yo‘qlabon borcha ahbob aro,
Tilab topmayin xayli ashob aro, 
Degaysenkim, ul zori ovoravash 
Ki, hijron mayidin bo‘lub jur’akash, 
Ne qildi ekin charxi nobaxtiyor
Ki, sargashtalik ayladi ixtiyor? 
Xayolig‘a hodis ne bo‘ldi ekin?
Bu azmig‘a bois ne bo‘ldi ekin? 
Chu holimdin ahbob ogoh emas,
Degaylar hadiseki, dilxoh emas, 
Ayon bo‘lg‘ay ollingda hangomae,
Bitimak manga farz edi nomae
Sanga holatimni ayon aylamak,
Bu azmim vujuhin bayon aylamak. 
Manga necha nav’ o‘ldi bechoralig‘
Ki, ollimg‘a tushti bu ovoralig‘. 
Bir ulkim, chu so‘zdindur inson sharif
Chu hayvong‘a so‘z yo‘qtur uldur kasif, 
Ko‘ngul durji ichra guhar so‘zdurur,
Bashar gulshanida samar so‘zdurur. 
Erur so‘z falak jismining joni ham,
Bu zulumotning obi hayvoni ham, 
Agar jon emas, bas nedurkim,
Masih Uluk tirguzur, deb kalomi fasih? 
Agar obi hayvon emas bas nechuk,
Topar jon zulolidin aning o‘lug. 
Ne bo‘lg‘ay aning vasfida el so‘zi
Ki, harneki derlar erur chun o‘zi. 
Bu so‘z k-ofarinishdin ashrafdurur,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling