Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
RUBOIYLAR
1 Subhonallohi xoliqi z-ul-majdu alo Kim, andin erur to‘la xalo birla malo. Gar mehr aning misli degaylar uqalo, Mehr ollida zarra yanglig‘ o‘lg‘ay masalo. 2 Ko‘k po‘yavu sayr ila talabgor sanga, Kun sorg‘oribon ishqda bemor sanga. Oy dog‘ ila qulluq aylab izhor sanga, Tun anjumi naqdidin xaridor sanga. 3 Yo rabki, inoyatingni yor ayla manga, Yo‘qluqqa hidoyatingni bor ayla manga, Ham kahfi kifoyatingni dor ayla manga, Ham durri inoyating nisor ayla manga. 4 Shoheki falak sori chu mayl o‘ldi anga, Ko‘k zarfi socharg‘a nur kayl o‘ldi anga, Aflok shahi tobeu xayl o‘ldi anga, Balkim, yeru ko‘k xayli tufayl o‘ldi anga. 5 Jonimdag‘i «jim» ikki dolingg‘a fido, Andin so‘ng «alif» toza niholingg‘a fido, «Nun»i dag‘i anbarin hilolingg‘a fido, Qolg‘an iki nuqta ikki xolingg‘a fido. 6 Bu qosid ishim ohu fig‘on ayladilo, Bu ruq’a tanimni notavon ayladilo. Bu sa’b xabar ichimni qon ayladilo, Bu qonlig‘ ichim haloki jon ayladilo. 7 Uylansa birav toriy o‘lub nakbat anga, Makkoraki, qaltabon surar shahvat anga. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 393 Zisht ersa gar eldin yoshurur rahmat anga, Xo‘b ersa gar elga ko‘rguzur la’nat anga. 8 Kim bo‘lsa bu motamkadadek olam aro, Sayr aylasa g‘amsirishtlik odam aro, Gar odam erur bo‘lsa keraktur g‘am aro, Olamda esa, bo‘lsa kerak motam aro. 9 Ishqingda necha zor bo‘lay furqat aro, Yetsam xush erur bazminga bir ishrat aro. Ko‘z ikki yuzungdin olmasam suhbat aro, Ikki taboningdin uylakim xilvat aro. 10 No‘sh aylar emish qadahni jonona to‘la, Soqiy, manga tut jomi harifona to‘la. Quy, gar xud erur sipehr paymona to‘la, Har nechaki, xoliy etsam, et yona to‘la. 11 Nomangki, tirikligimdin uldur matlub Ochib o‘qug‘ach bir necha lafzi marg‘ub, Ko‘p to‘lg‘anib ashk ichra o‘zumdin bordim, Ul nav’ki, su ichiga tushkay maktub. 12 Nomangki, erur boisi iqbolu tarab, Yetkursa tarab meni hazing‘a ne ajab. Yolg‘uz mendin ketarmadi ranju taab Kim, bo‘ldi base xalq hayotig‘a sabab. 13 Bir aybg‘a garchi xalq qilg‘ay mansub, Faqr ahlidin iztirob emastur mahsub Sidq ersa xud etmak kerak o‘z fe’lini xo‘b Kizb ersa, malomat dag‘i bordur matlub. 14 Su ko‘zgusini bog‘ aro aylarda shitob, Siymob qilur erdi taharruk bila tob. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling