Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
408
Javzoda chu tutti mehr orom ichma,
Ko‘p bo‘lsa zarurat o‘lmayin shom ichma. 
113 
Mug‘ dayrida bo‘lsa manga bir koshona,
Malja’ dag‘i piri dayrdek farzona.
May mug‘bacha tutsa har zamon mastona,
Kofir bo‘layin bo‘lsa murodim yona. 
114 
Ham jismingga za’f bo‘lsa jonim sadqa,
Ham joningga jismi notavonim sadqa.
Sarvingg‘a shikast o‘lsa ravonim sadqa,
Yo‘q-yo‘qki, sanga jonu jahonim sadqa. 
115 
Yo koshifi asrori nihon bo‘lsa kishi,
Halloli rumuzi osmon bo‘lsa kishi.
Yo oshiqi zori notavon bo‘lsa kishi,
Devonavu rasvoyi jahon bo‘lsa kishi. 
116 
Sen xud borasen ko‘ngulni qaytarg‘il, axiy,
Bedilliq o‘tidin meni qutqarg‘il, axiy.
Yo tiyg‘ chekib to‘sh-to‘shidin yorg‘il, axiy,
Bir porasini bizga berib borg‘il, axiy! 
117 
Sen borg‘ali ortmish ko‘ngul zorlig‘i, 
Oh o‘qlaridin har nafas afgorlig‘i.
Bilman unutulg‘anmu ekandur manga hajr,
Yo ko‘prak erur bu qatla dushvorlig‘i. 
118 
Jonimg‘a yetipturur xumor, ey soqiy,
May tutqilu berma intizor, ey soqiy.
Avval o‘zing ayla ixtiyor, ey soqiy,
Tutqil menga so‘ngra zinhor, ey soqiy, 
119 
Oxir dami umr etsa shitob, ey soqiy,
Tutqil manga oncha mayi nob, ey soqiy


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
409
Kim, hashrda mast o‘lay xarob, ey soqiy,
To anglamay etsalar azob, ey soqiy. 
120 
Dedim zaqaning tutub, saqog‘ingni o‘pay,
Ko‘z qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay.
Guldek yuzung islabon dudog‘ingni o‘pay,
Yo‘q, yo‘q-yo‘q, agar desang, ayog‘ingni o‘pay. 
121 
Har zulf xamig‘a qilma vobasta meni,
Har ko‘z havasidin etmagil xasta meni.
Har qosh tamaig‘a solma payvasta meni,
Yo rab, borisidin ayla vorasta meni. 
122 
Jonimda xumordin azob, ey soqiy,
Ko‘nglumda ham andin iztirob, ey soqiy.
Yetkur manga jomi mayi nob, ey soqiy
Kim, holim erur asru xarob, ey soqiy. 
123 
Furqat sahari g‘amg‘a yo‘liqturdi meni,
Hijron kuni yuz balog‘a topshurdi meni.
G‘am shomi o‘lum holig‘a yetkurdi meni,
Tong otqucha uyqusizlig‘ o‘lturdi meni. 
124 
Munglug‘ boshim ostidag‘i toshimnimu dey?
Tosh ustidagi g‘arib boshimnimu dey?
Hasrat suyidin ko‘zimda yoshimnimu dey?
O‘lmakdin sa’broq maoshimnimu dey? 
125 
Ne dashti maxuf emish fano sahrosi
Kim, anda kirarga yo‘q balo yarosi.
Hargiz chu yonib kelmadi nopaydosi,
Kimdin kishi aylagay nishon ilqosi. 
126 
Avval menga vasli ruhparvar ne edi,
So‘ngra qilmoq hajr ila muztar ne edi.


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling