Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
402
Tutqil badali moyatahallal mayi-sof,
To mast qilay g‘am cherigi birla masof. 
71 
Yuz mehnatu g‘am ko‘ngluma yetkurdi firoq,
Jonimg‘a balovu dard o‘qin urdi firoq.
Jismimni fano o‘tig‘a kuydurdi firoq,
Chun kuydi, kulini ko‘kka sovurdi firoq. 
72 
Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,
Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq.
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq. 
73 
Ul damki quyosh bottiyu sarg‘ardi shafaq,
Bazmingg‘a shafaqgun may ila ber ravnaq.
Ne haqni unut, ne mayni quyg‘il mutlaq
Kim, tongla erur tengri karimu barhaq. 
74 
Ollimda tabibi chorasozim ham yo‘q,
Yonimda rafiqi dilnavozim ham yo‘q.
Tegramda anisi jongudozim ham yo‘q,
Boshimda shahi bandanavozim ham yo‘q. 
75 
Kim ko‘rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o‘lsa paydo xushluq,
Omodadurur yonida yuz noxushluq. 
76 
Hajringda mening sabrima juz nuqson yo‘q,
Ko‘nglum aro g‘ayri nolavu afg‘on yo‘q.
Jonimg‘a hayot umidi xud imkon yo‘q,
Yo‘q-yo‘q, yo‘q, sabr yo‘q, ko‘ngul yo‘q, jon yo‘q. 
77 
Yo‘q dahrda bir besarusomon mendek,
O‘z holig‘a sargashtavu hayron mendek.


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
403
G‘am ko‘yida xonumoni vayron mendek,
Ya’niki, aloxonu alomon mendek. 
78 
Berahmdurur olamu zolim aflok,
Bemehrdurur anjumu davron bebok.
Qay sarvi chamanki, jilva qildi cholok
Kim, yerga to‘kulmadi nechukkim xoshok. 
79 
Zohid senga, hur, manga jonona kerak,
Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak. 
80 
Ey jonu ko‘ngul, bir-biringizga qorishing,
Ul ko‘y sari raxshi tamanno yorishing.
Hol ustida erkanim so‘zin o‘tkarishing,
Holimni so‘rarg‘a kelmasa yolbarishing. 
81 
O‘lsam yasamang munda mazorimni mening,
Yuklab eliting jismi figorimni mening.
O‘tru chiqarib ahli diyorimni mening,
Ko‘yida qo‘yung tani nizorimni mening. 
82 
Ey ulki, zamona ahlidin ayrilding,
Ishq ahli tariqi xo‘b ekanni bilding.
Xush qilding, alar tavriniyu qotilding,
Rahmat sanga, yaxshi aylading, xush qilding. 
83 
Ko‘ksumni jafo tiyg‘i bila yora qiling,
Ko‘nglumni chiqaring dag‘i yuz pora qiling.
Har porasini bir sari ovora qiling,
Ishqim o‘tig‘a bu nav’ ila chora qiling.
84 
Gar dilbar emas malakvashu hurxisol,
Andin so‘ng ulusning ko‘zi ko‘ru tili lol. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling