Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
400
G‘am tirnog‘idin qilib qarog‘imni xarosh,
Yashurg‘ay edim ani ko‘zum uyida kosh. 
57 
Yo‘q bodayi vasl, obi hayvon ul emish,
Ahbob muloqoti dema, jon ul emish.
Gardun g‘amu ranj suvratin naqsh etsa,
Jon chehrasi atrofig‘a hijron ul emish. 
58 
Yillar tutubon shayx maqolotig‘a go‘sh,
Ne ko‘ngluma zavq yetti, ne jonima jo‘sh.
Jonimg‘a navo soldiyu ko‘nglumga xurush,
Bir jur’a bila mug‘bachayi bodafurush. 
59 
Sharbat manga xunobu g‘izo g‘am bo‘lmish,
Bistar tufrog‘u oh hamdam bo‘lmish.
Holimg‘a xaloyiq ishi motam bo‘lmish,
Sensiz o‘larim sa’b edi, ul ham bo‘lmish. 
60 
Soqiy, meni xorxordin ayla xalos,
Gul-gul yuzung och, bahordin ayla xalos. 
Yo may beru intizordin ayla xalos,
Yo o‘lturubon xumordin ayla xalos. 
61 
Ber jomu ol, ey mug‘bacha, jonimni evaz,
Qo‘sh tutqilu, ol ikki jahonimni evaz.
Ani sumururda qatrae tomsa agar,
Sen ham to‘k aning o‘rnida qonimni evaz. 
62 
Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa vafodur anga shart. 
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart. 
63 
Bu davrda yo‘q sen kebi xushxon hofiz,
Huffoz aro sarhalqayi davron hofiz.


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
401
Qur’ong‘a sen o‘lg‘an kebi yakson hofiz,
Bo‘lsun sanga barcha ishda Qur’on hofiz. 
64 
Kim aylasa soqiyi gulandom tama’,
Ilgidin aning sog‘ari gulfom tama’.
Andin so‘ng agar taqvoyu islom tama’,
Aylar esa, gul mardak erur xomtama’. 
65 
Ul damki, quyosh ayladi mag‘ribqa ruju’,
Gar suhbat o‘shul quyosh bila topsa vuqu’.
Xushtur qilmoq jom quyoshig‘a shuru’,
Ul damg‘achakim, qilur quyosh jomi tulu’. 
 
66 
Mug‘ dayrida dast bersa bir lahza farog‘
Kim, mug‘bacha ishqidin qizig‘ bo‘lsa dimog‘.
Ul tutsa mug‘ona lahn ila har dam ayog‘,
Bosh olsam oyog‘idin kerak boshima dog‘. 
67 
Bir gul g‘amidin dedim qo‘yay bag‘rima dog‘,
Borgaymu debon atri dimog‘img‘a farog‘,
Borgin chu mulavvas ayladi bum ila zog‘,
Emdi ani islamakka yuz hayf dimog‘. 
68 
Berding manga dayr aro iqomat, ey mug‘,
Tuttung qadahi mayi malomat, ey mug‘.
Bu ishni xud aylading karomat, ey mug‘,
Yo rabki, hamisha bo‘l salomat, ey mug‘. 
69 
Nomang yetibon topti ko‘ngul izzu sharaf,
Har lafzi bo‘lub murod durrig‘a sadaf.
Har satri alam cherigining daf’i uchun,
Iqbol sipohidin chekibon bir saf. 
70 
Soqiy, badanimni qildi g‘am tiyg‘i shikof,
Qonim bori oqti, tutma o‘zungni maof.


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling