Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

2

G‘AROYIB US-SIG‘AR 



 

DEBOCHA 

 

 Shukru sipos ul qodirg‘akim, chun adam osoyishgohidin vujud oroyishi ogohlarig‘a jilva berdi



insonni soyir maxluqotdin nutq sharafi bila mumtoz qildi. 

 

R u b o i ya: 



 

Ulkim, chu jahon xilqatin og‘oz etti, 

Sun’i kilkini naqshpardoz etti. 

Inson xaylin nutq ila mumtoz etti, 

Nutq ahlini nazm ila sarafroz etti. 

 

 Va hamdi behaddu qiyos ul soni’g‘akim, chun iborat javohirin nazm silkiga tortdi, ul gulshani 



Eramoyinni nazm ahli xomayi gavharafshoni bila rashki nigorxonayi Chin va g‘ayrati xuldi barin 

yasadi. 


 

R u b o i ya: 

 

Chun xayli basharg‘a nutq komin berdi, 



Ul nutq ila nazm ihtiromin berdi. 

Nazm ichra balog‘at intizomin berdi

Tarkibida e’joz maqomin berdi. 

 

Jallat olouhu va ammat nuamouhu va lo iloha g‘ayruhu. 



 

 Va durudi noma’dud ul anbiyo halqasining xotamig‘akim, inn ash-she’ra lahikmatun va inn al-

bayona lasihrun nuktasi bila shuaro poyasin hukamo martabasig‘a chektiyu bayon rutbasin sehr 

manzilasig‘a tortti. 

 

R u b o i ya: 



 

Ulkim chu balog‘at etti da’vo, i’rob 

Ko‘rguzdilar ul da’vo aro ko‘p itnob. 

Chun nuktasida qildi a’yon gavhari nob, 

Da’vogari gavharlari bo‘ldi siymob. 

 

Va sallollohu alayhi va alo olihi va ashobihi va sallam. 



 

 Ammo ba’d so‘z bayt ul-haramining bodiyapaymoyi va nazm shohbaytining zevaroroyi alfaqir-ul-

haqir Alisher ul-mutaxallis bi-n-Navoiy sutira’uyubuhu va g‘ufira zunubuh, andoq arz qilurkim, bu 

xoksori parishonro‘zgor kichik yoshdin o‘zumni she’rning parishon savdosig‘a giriftor bo‘lg‘animniyu 

tufuliyyat zamonidin ko‘nglumni[ng] nazmning parokanda vasvosig‘a mash’ufu sheftavor bo‘lg‘anin 

va motaqaddam shuarosi malik ul-kalomlari dasturi bila jam’u tartibida sa’y qilg‘animniyu necha 

martaba aning tadvinida murattablar irtikob qilib har sinf she’rg‘a zebu tazyin va oroyishu oyin 

berganimning kayfiyatin burung‘i devonim fihrastidakim, «Badoyi’ ul-bidoya»-g‘a mavsumdur, sharh 

bila arz qilib erdim. Andin so‘ngra dag‘i ul jam’u tartibdin boshqa yana har taqrib bila har nav’ 



Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling