Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

7

 



R u b o i ya: 

 

Avval ikki devong‘a chu qildim rag‘bat, 



Ham erdi yigitlik madadim, ham sihhat, 

Bo‘ldum chu qariyu xasta, yo‘q ul quvvat 

Ko‘rguzgali andoq nimalarga jur’at. 

 

 Kulliyragi bukim, ul davovin tartibida Sultoni sohibqironning oliy tab’ining islohu ihtimomi behad 



va har juzviy nuktada tag‘yiru ta’limi mo lo kalomi beadad erkan jihatdin ul ish saranjom suvratin 

paydo qildi va iftohidin ixtitomig‘a deguncha tartib raqami chekildi. Bu za’fu notavonlig‘im zamonida 

bu ajzu zabunluqu besomonlig‘im tug‘yonida Sultoni sohibqironning ra’yi olamoroyiyu zamiri 

xurshidta’siri go‘yokim ba’zi avqotda olam kishvari fathig‘a azmsozu ba’zi holotda kishvar ahli 

obodonlig‘ig‘a sehrpardoz va ba’zi zamonda ayshu nishot bila iligi zarposhu ba’zi avonda toatu ibodat 

bila ko‘zi guharposhliqka mutaammilu mushtag‘il uchun bu xoshok daryodek ko‘ngliga kirmasu bu 

zarra quyoshdek zamirig‘a paydo ermas. Va Sultoni sohibqironning himmat yuzidin ihtimomiyu sa’y 

g‘oyatidin ta’limi bardavomi bo‘lmasa, mundoq dushvor ish ilgari bormog‘i mutaassir, balki 

xayolimg‘a kechurmag‘i mutaazzirdur. 

 Mundoq hukm bo‘lg‘andin so‘ngra gah-gohi holimdin ogoh bo‘lmasa netkaymenu lahza-lahza 

ahvolimdin xabar tutmasa neta olg‘aymen. Qumursqa Sulaymonning xotirig‘a kelmasa, ne mahalli 

taajjubu tahayyur, Suho charxi gardon sathida ko‘runmasa, ne mahalli hayratu taazzur. Bu xoksor chun 

bu dardi dillarimni izhoru nomurodlig‘larimni oshkor qildim va mazallat tufrog‘ig‘a tazallum bila 

yiqildim, inoyat borgohidin sado keldiyu hidoyat korgohidin nido yetishtikim, ko‘nglungni solma va 

bu nav’ savdovu vasvos xayolig‘a qolmakim, biz hech holda sening holingdin g‘ofil emas erkandurbiz

ammo bu holdin sen g‘ofilu ko‘nglumizdin hargiz yoding zoyil ermas erkandur va bu ma’no sening 

ko‘nglungdin zoyil. Andoqki burung‘i ikki devoning takmilida rioyatdin hech nav’ tag‘oful voqi’ 

bo‘lmadi va rahnamolig‘u inoyatdin hech turlug takosul suvrat bog‘lamadi, emdi dag‘i hamul dastur 

bila, balki andin ham ortug‘roq, munda ham hamul qonun bila, balki andin ham afzunroq, ahvolingdin 

xabar tutulg‘usidur va haroz vaqtda sarvaqtingg‘a yetilgusidur. Chun za’fi holing bizga zohiru 

paydodur, shafqatu bandanavozlig‘lar bila ne yerda qolsang o‘tkarilgusidur va chun shikast ahvoling 

bizga ravshanu xuvaydodur, marhamatu navosozlig‘lar bila har mushkiling bo‘lsa hal qiling‘usidurur. 

 

R u b o i ya: 



 

Shahdin chu bu nav’ lutfu ehson toptim, 

Ummid dag‘i behadu poyon toptim

Zulmat aro erdim, obi hayvon toptim, 

Io‘q-yo‘qki, o‘lub erdim, yangi jon toptim. 

 

 Ko‘nglumga o‘zga quvvat kirdi va tab’img‘a o‘zga javdatu jalodat hosil bo‘ldi, kilkim jardayi 



tezkomig‘a o‘zga ravonlig‘u xayolim sahobi barqxiromig‘a o‘zga gavharafshonlig‘ yuzlandi. Qabuli 

barmog‘in ko‘zumgavu minnat iligin ko‘ksumgavu jonparvar so‘zumga qo‘ydum va zamir xilvatgohini 

xavotir g‘avg‘osidin muarrovu ko‘ngul zistgohini vasovis hujumidin mubarro qildim. Xoma uchin tez 

ettimu tab’ obi hayotin otashangiz. Va o‘tgan ayyomda aytilg‘an matla’lar subhi bidoyatin maqta’lar 

shomi nihoyatig‘a payvastavu kechkan hangomda bitilgan parishon abyot gavharlarin takmil 

rishtasig‘a tortmoq bila payvasta qila boshladim. 

 

R u b o i ya: 




Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling