Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

16

 



Navoiy nafs zulmotig‘a qolmish, 

Sen o‘lmay Xizri rah chiqmoq ne, yoro?! 

 

Qiyomatda gunohin afv etarga  



Rasulingni shafi’ et, kirdgoro. 

6 

 

Ey, nubuvvat xaylig‘a xotam baniy Odam aro,  



Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro. 

 

Yuz eshiging tufrog‘ig‘a surta olg‘aymenmu deb,  



Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro. 

 

Anjum ichra orazing me’roj shomi uylakim,  



Tushsa durri shabcharog‘e har taraf shabnam aro. 

 

Ne uchun kiymish qora haryon solib jaybig‘a chok,  



Furqatingdin Ka’ba gar qolmaydurur motam aro

 

Sof ko‘nglida yuzung mehrini go‘yo asramish,  



Tush chog‘i har kun quyosh aksi emas Zamzam aro. 

 

Mash’ale bo‘lmish malak ilgida ravzang boshig‘a,  



Oy charog‘i kechalar bu nilgun toram aro. 

 

Qum emas Bathodakim, mehri jamoling hajridin 



Zarra-zarra jismi bir-birdin to‘kuldi g‘am aro 

 

Yo‘l emas, Yasribda yirtibdur yuzin tirnog‘ ila  



Maqdaming to yetmadi ul vodiyi xurram aro. 

 

Itlaring maxsusu mahzundur Navoiy, koshki  



Kirsa bu mahrum ham ul zumrayi mahram aro. 

7 

 

Zihe javlongahing aflok uza maydoni «av adno»,  



Buroqingg‘a to‘quz gunbad bu to‘qquz gunbadi xazro. 

 

Qilib chun xay gulobi mayl na’layning, bo‘lub andin  



Malak ra’nolarining jabhasig‘a charx sandalso. 

 

Esib rahmat nasimi chun damodam sunbulung sari,  



Bo‘lub ruhoniylar jaybi labolab anbari soro. 

 

Falak qolib buroqingdin, emas vasfi falaksur’at,  




Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling