Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

Qamar yorub jamolingdin, emas na’ting qamarsiymo. 



 

Yuzungdin anjum, anjumdin quyosh nur iktisob aylab  

Aningdekkim, quyoshdin oyu oydin qiyrgun g‘abro. 

 

Falak vodiylari qat’ig‘a azming chun surub markab,  



Xirad paykiga ham avval qadamda ranj o‘lub paydo. 

 

Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud,  



Buroqing soyir anjum shohi ustinda sipehroso. 

 

Qilib bu sayr aro ma’shuq vasli ko‘yida manzil,  



Tilab sargashta ushshoqig‘a ham rahmat uyin ma’vo. 

 

Navoiy xush ko‘rar olamni oting zikridin, yo‘qsa,  



Anga do‘zax aro o‘tdekdurur dunyovu mo fiho. 

8 

 

Har gadokim, bo‘ryoyi faqr erur kisvat anga,  



Saltanat zarbaftidin hojat emas xil’at anga. 

 

Kim fano tufrog‘ig‘a yotib qo‘yar tosh uzra bosh,  



Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga. 

 

Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar;  



Ham o‘zung insof bergilkim, bu ne nisbat anga 

 

Har ne, shah maqsudidur, darveshning mardudidur!  



Ko‘r ne himmatdur munga, ne nav’ erur holat anga. 

 

Faqr ko‘yi tufrog‘in shah mulkiga bermas faqir,  



Mulk ko‘rkim, teng emas tufrog‘ ila qiymat anga. 

 

Shah sipah cheksa, faqir ahvolig‘a yetmas futur,  



Bu vale chekkach nafas, barbod o‘lur hashmat anga. 

 

Shah emastur bir nafas osuda do‘zax vahmidin,  



Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga. 

 

Shahg‘a sidq ahli damidin mash’ali davlat yorur,  



Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal’at anga. 

 

Shohg‘a shahlig‘ musallamdur, agar bo‘lg‘ay mudom,  



Shohlig‘ tarkin qilib, darvesh o‘lur niyyat anga. 

 

Mumkin ermas shahlar ichra buyla niyatlig‘, magar  



Shohi G‘oziykim, muyassar bo‘ldi bu davlat anga. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling