Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

 



Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, bor  

Shohlig‘ suvrat anga, darveshlik siyrat anga. 

 

To shahu darvesh bo‘lg‘ay aylagil, yo rab, ayon,  



Shohdin xidmat munga, darveshdin himmat anga. 

 

Gar Navoiy so‘z uzatti faqrdin ermas demang,  



Bo‘lmag‘uncha hukm shahdin qayda bu jur’at anga?! 

9 

 

Ul parivashkim, bo‘lubmen zoru sargardon anga,  



Ishqidin olam menga hayronu men hayron anga. 

 

O‘qlaringdin dambadam taskin topar ko‘nglum o‘ti,  



Bordurur bir qatra su go‘yoki har paykon anga. 

 

Bir dilovardur ko‘ngulkim, g‘am sipohi qalbida,  



Ohi novak, toza dog‘idur qizil qalqon anga. 

 

Novakining parru paykonida rangin tus erur  



Yoki ko‘nglumdin chu parron o‘tti yuqmish qon anga. 

 

Nomai shavqum ne nav’ ul oyg‘a yetkay, chunki men  



El otin o‘qur hasaddin yozmadim unvon anga. 

 

Xizri xattingning ajab yo‘q sabzu xurram bo‘lmog‘i,  



Labbalab chunkim berur su chashmayi hayvon anga. 

 

Ey xusho, mug‘ ko‘yikim, rif’at bila ziynatda bor  



Mehr anga bir shamsavu ko‘k toqidur ayvon anga. 

 

Istamish bulbul vafo guldin magarkim joladin  



Bag‘ri qotmish g‘unchaning, baskim erur xandon anga. 

 

Qilmamish jonin fido jonong‘a yetmas der emish,  



Ey Navoiy, ushbu so‘z birla fido yuz jon anga 

10 

 

Sinsa ko‘nglumda o‘qung surtub isig‘ qondin anga,  



Pay masallik chirmag‘aymen rishtayi jondin anga. 

 

Bodayi la’ling mizoji ruhparvardur base,  



Go‘yiyo mamzuj etibsen obi hayvondin anga. 

 

O‘qi ko‘nglum shu’lasin gah sokin etti, goh tez,  




Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling