Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/404
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#188981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   404
Bog'liq
navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

11

Ne jismida tobu ne tanida quvvat



Ne ko‘nglida xushluq, ne o‘zida sihhat. 

Mundoq kishining munosibidur uzlat, 

Vayronasidin chiqmoq anga ne nisbat. 

  

 Sultoni sohibqironning in’omi bag‘oyatidinu ehsoni benahoyatidin umrin bu davlatlig‘ dargohdavu 



hayotin bu saodatlig‘ borgohda yuqori o‘tkan sharh bila sarf etkan bandaning iltimosi budurkim

mazkur bo‘lg‘an taraddudu mashaqqatlardin ozod bo‘lg‘ay va g‘amgin ko‘ngli bu nav’ za’f ayyomida 

nisbatsiz qayg‘ulardin shod, mundoq umrdakim, bukun tonglalig‘ ma’lum ermas,— 

 

 



M i s r a ‘: 

 

Ish tengriga tavbayu inobat bo‘lg‘ay, 



 

 

— va o‘tkan umr ma’siyat bila uzr taqsirida toatu nadomat. Bu holatda dag‘i avqotning pokizasida 



ul hazratning duosig‘a mash’uf bo‘lg‘usidur va duovu niyozi naqdining xulosasi aning farxunda 

ro‘zgorig‘a masruf. 

 Umid ulkim, ul hazrat davlatidin andoqkim dunyo iqbolu komidin mustafid bo‘ldum, oxirat komu 

iqbolidin ham noumid bo‘lmag‘ay[men]. Ul ostonning qullarining bu qul bila yorlig‘ nishoni uldurkim

Sultoni sohibqiron inoyatidin bir yorlig‘ nishoni bitilgay va bu bandani sultoniy imoratning bayt-ul-

mag‘firasida soyir jorubkashlaridin birining o‘rnig‘a mansubu sarafroz etilgaykim, bu uftodalig‘ 

ayyomida bore ul ostonada yiqilg‘aymen. Quvvatim bo‘lg‘anda supurgu olib, ilgim bila va quvvatim 

bo‘lmag‘anda supurgu o‘rnig‘a kirpigim bila ul ostonani supurur bahonasi bila ko‘zumni ul munavvar 

ravza tufrog‘idin yorutg‘aymen va ul ostonani bu supurgu birla arig‘u bu uyin ul surma bila yorug‘ 

tutqaymen va bu xidmatni dunyovu oxiratim sharafi bilgaymen. 

 

So‘zum uzaldiyu ado qiladurg‘an maqsudum yiroq qoldi. Agarchi xomamning 



gavharafshonlig‘ig‘a nihoyat yiroqdur va lekin duo gavharfishonlig‘i bila ixtisor qilmoq yaxshiroq. 

 

R u b o i ya: 



 

To dahr uza bu gunbadi davvor o‘lg‘ay, 

Ul gunbad uza sobitu sayyor o‘lg‘ay, 

To sobitu sayyorg‘a osor o‘lg‘ay, 

Tengri bori holingda nigahdor o‘lg‘ay. 

 

R u b o i ya: 



 

Taxting bo‘lsun sipehri axzar chog‘lig‘, 

Chatring rif’atda mehri anvar chog‘lig‘. 

Mulkung baru bahr aro Sikandar chog‘lig‘, 

Lekin umrung Nuh payambar chog‘lig‘. 

 

R u b o i ya: 



 

Ham dargahing iqbol makoni, yo rab, 

Ham boshing uza toji Kayoniy, yo rab. 



Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

12

Jomingda ziloli zindagoniy, yo rab, 



Andin sanga umri jovidoniy, yo rab. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling