Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

ILOVA 
Audiomaterial 
1-DARS 
1 A 
 
R: Assalomu alaykum! 
N: Vaalaykum assalom! 
R: Keling, tanishaylik! Mening ismim Rustam 
N: Mening ismim Nargiza! 
R: Siz bilan tanishganimdan xursandman! 
N: Men ham! 
R: Nargiza, siz turmushga chiqqanmisiz? 
N: Yo‘q. Siz-chi? Siz uylanganmisiz? 
R: Yo‘q, uylanmaganman. Nargiza, oilangiz haqida gapirib bering. 
N: Mening oilam katta emas. Onam, otam, singlim va men. 
R: Dadangiz nima ish qiladi? Onangiz-chi? U ishlaydimi? Singlingiz 
maktabda o‘qiydimi? 
N: Dadam – tadbirkor. Onam – uy bekasi. Singlim kollejda o‘qiydi. 
R: Mening oilam esa katta. Otam, onam, akam, opam va bir ukam bor. 
Otam – O‘zbekiston Milliy universitetida professor. Onam – bolalar 
shifokori. Akam bankda ishlaydi. Opam – hamshira. U turmushga chiqqan, 
ukam askar, armiyada xizmat qilyapti. Buvim va bobom ham bor. 
N: Buvingiz va bobongiz siz bilan birga turadilarmi? 
R: Ha. 
N:Qanday yaxshi! Mening buvim va bobom boshqa shaharda 
yashaydilar. Men ularni juda sog‘inaman. 
R: Ha, buving va bobong bilan birga yashah juda yaxshi. Ular doim dono 
maslahatlar beradilar. 
N: To‘g‘ri. 
1 B
MUNAVVAR KELINOYI 
Men har safar Munavvar kelinoyimni eslaganimda keyinchalik ro‘y 
bergan bu og‘ir voqeani emas, dilimda sal ma’yus va iliq hislar uyg‘otgan 
yoz kuni esimga tushadi. 
Buvimlarning sersoya bog‘i qarindosh-urug‘larimizga, tog‘amning yor-
birodarlari (tanishlari va do‘stlari)ga to‘lgan: birov o‘choq quryapti, birov 
o‘tin yoryapti, birov hovliga suv sepib, so‘riga palos yozyapti. Kechqurun 
to‘y! 


167
Tog‘am ertaga urushga ketadi. U kecha kechqurun kelinoyimni 
Toshkentdan “olib qochib kelgan”. Eshitishimcha, ular universitetda birga 
o‘qishar ekan. Kechasi uyimizda odam ko‘p bo‘lgani uchun kelinoyimni 
ko‘rolmagan edim, bugun ertalab buloq boshida ko‘rib qoldim. 
Tog‘am buloq bo‘yida cho‘nqayib, yuzini yuvar, kelinoyim esa egnida 
atlas ko‘ylak, boshida chetlariga gunafsharang gul tikilgan ipak ro‘mol, 
yelkasida sochiq, qo‘lida chelak, uning yonida turardi. 
Kelinoyim novcha, hatto tog‘amdan ham novcharoq – men buni tog‘am 
yuvinib bo‘lib, qaddini rostlaganda payqadim – uzunchoq yuzli nozikkina qiz 
edi. Menga, ayniqsa, uning xiyol ma’yus qora ko‘zlari yoqdi. 
Men ularga sezdirmay o‘tib ketmoqchi edim, tog‘am ko‘rib qolib, oldiga 
chaqirib oldi. 
– Mana, tanishib qo‘ying, Munavvarxon, – dedi u. – Boya sizga aytgan 
jiyanim Mansurjon shu yigitcha bo‘ladi. Men ketganda, birov sizni 
ranjitadigan (xafa qiladigan) bo‘lsa…shu yigitchaga aytib qo‘yasiz… 
Kelinoyim chelakni chap qo‘liga olib, o‘ng qo‘lini menga cho‘zdi, 
qoshlarini chimirib, muloyim jilmaydi: 
– Shunaqami? Tog‘angiz ketganda meni birov xafa qilsa himoya 
qilasizmi, Mansurjon? 
Men qizarib nima deyishni bilmadim. Mening o‘rnimga tog‘am javob 
berdi. 
– Himoya qilish ham gapmi, sizni xafa qilgan odamning kallasini oladi 
jiyanim, to‘g‘rimi? 
Kelinoyim menga qarab ko‘zini qisdi: 
– Qo‘ying, hammani o‘zingizga o‘xshagan zo‘ravon deb o‘ylamang! 
Tog‘am qah-qah otib kuldi. Men esa, ko‘nglim ajib hislarga to‘lib, 
o‘zimni bog‘ga urdim (qochib ketdim). O‘shandan beri ko‘z oldimda 
kelinoyimning o‘ychan chehrasi, quloqlarimdan erkalab aytgan gaplari 
ketmas edi.
(Odil Yoqubovdan) 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling