Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


FIKRGA SUBYEKTIV MUNOSABAT BILDIRISH UCHUN


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

FIKRGA SUBYEKTIV MUNOSABAT BILDIRISH UCHUN 
QO‘LLANUCHI SO‘ZLAR 
(Modal so‘zlar) 
Modal so‘zlar so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalaydi. Ular 
bildiruvchi ma’nolar: 
1. Ishonch: darvoqe, aslida, shubhasiz, albatta, tabiiy, shaksiz. 
2. Tasdiq: haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatda. 
3. Gumon: aftidan, balki, shekilli, ehtimol.
4. Fikr tartibi: avvalambor, qolaversa.
5. Fikrni dalillash: masalan, jumladan, xususan. 
6. Xulosa: xullas, umuman, xullas kalom, demak. 
7. Achinish, afsuslanish: esiz, attang, taassufki, afsus, afsuski. 
8. Quvonch: hayriyat. 
 

 Eslab qoling:
 
 
Binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud 
bo‘lib, fikrning oldingisi bilan bog‘liqligi ma’nosini ifodalaydi. 
Modal so‘zlar gap boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llanishi mumkin. Ular 
boshqa so‘zlardan vergul yordamida ajratiladi. 
Shekilli modal so‘zi gap oxirida qo‘llaniladi: Kimdir keldishekilli. 
 

 
Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
 2-mashq. Quyidagi modal so‘zlar bilan gap tuzing: aytganday, 
darhaqihat, ehtimol, shubhasiz, afsuski, albatta, aftidan. 
 3-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli modal so‘zlarni qo‘ying: mabodo, 
auytganday, shekilli, darvoqe, shubhasiz, darhaqiqat, afsuski, aftidan, 
holbuki. 
1. Nega ovqatdan yemayapsiz? Ovqat sizga yoqmadi…2. ……”ozodlik” 
nihoyatda shirin so‘z. 3. …..bu haqida oldin ham sizga gapirgan edim. 4. 
…..siz meni kutmayapsizmi? 5. Chekayotgan odam “cheksam asablarim 


161
yumshaydi”, deb o‘ylaydi, ……bu bir necha daqiqalik huzurdan keyin, bir 
necha baravar ko‘proq zarar yetkazadi. …….u ko‘pincha bu haqida 
o‘ylamaydi. 6. ……inson va tabiat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. 7. 
……unining hech narsadan xabari yo‘qqa o‘xshaydi. 8. ……, esimdan 
chiqay debdi, o‘qituvchimiz aytdi, ertaga test bo‘lar ekan. 


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling