Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Yuklamalar quyidagi ma’nolarni anglatadi:  So‘roq va taajjub


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
Yuklamalar quyidagi ma’nolarni anglatadi: 
So‘roq va taajjubmi, -chi, -a, -ya. Savol va hayratlanish ma’nolarini 
bildiradi; Sen ham borasanmi? Men-chi? Bu ishni bir o‘zing qilding-a? Seni 
tanlashdimi? Seni-ya? 
 Kuchaytiruv-ta’kidham, hatto, axir, nahotki, -ku, -da,– u, -yu, -oq, -
yoq. Fikrni kuchaytirib ifodalaydi, so‘zni ta’kidlaydi: Axir eng yaqin 
dostimsan! Senga ishonaman-da.Yetib borishing bilanoq, bizga xabar qil. 
Yakshanba kuni ham ishladik. 
Ayiruv-chegaralov: faqat,-gina,-kina (k tovushidan so‘ng), -qina (q 
tovushidan so‘ng). Bu yuklamalar o‘zi bog‘langan so‘zni boshqalaridan 
ajratib ifodalaydi: Faqat sizga ishonaman. Zuhragina meni qo‘llab-
quvvatladi. 
O‘xshatish-qiyoslash: xuddi, go‘yo. So‘zga o‘xshatish, qiyos 
ma’nolarini beradi: Bu bola xuddi otasining o‘zi. 
Gumon:-dir. So‘zga noaniqlik, gumon, taxmin ma’nolarini beradi: 
Balki u uyda emasdir. 
a) -mi, – gina, -oq, -yoq, -dir yuklamalari so‘zga qo‘shib yoziladi; b) –
chi, -ku, -u, yu, -da, -a,-ya yuklamalari chiziqcha bilan ajratib yoziladi; d) 
faqat, ham, axir, hatto alohida yoziladi. 
 

 
Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
 1-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli undovlarni va yuklamalarni 
 
qo‘ying:  -gina, hatto, ham, axir, -oq, faqat,-dir, -a, -ku; 
1. …nega darsga kelding, kasalsan-ku! 2. Yetib borishing bilan… menga 
darrov qo‘ng‘iroq qil. 3. Juda darslarim ko‘p. …yakshanba kuni… bo‘sh 
vaqtim yo‘q, yarim kechagacha dars tayyorlayman. 4. Men bu sirni 


160
…sizga… ishonib ayta olaman. 5. Men ikkinchi til sifatida fransuz tilini 
tanladim. Sen….? 6. Tabiatni muhofaza qilishga biz… burchlimiz. 7. Sardor 
nimaga darsga kelmadi? Undan xabar oldingiz…? Balki kasal…9. Bu esseni 
o‘zing yozdingmi? Sen…? Axir oldin ko‘p xato qilar eding….? Bu ishda 
deyarli xato yo‘q. 10. Bu qiz ….senga o‘xshaydi. U singling emasmi? 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling