Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Tahorat olayotgaida quyidagi olti holat makruhdir
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahorat turlari
Tahorat olayotgaida quyidagi olti holat makruhdir:
Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 11 1. Suvni isrof qilmoq. 2. Suvni haddan ziyod (mash tortayotgandek) oz ishlatmoq. 3. Suvni yuzga urmoq (sepmoq). 4. Tahorat olayotganida dunyoviy so‘z aytmoq (gapirmoq). 5. Uzrsiz, boshqa kishidan yordam so‘ramoq. 6. Qo‘lni qayta-qayta ho‘llab, boshga uch marta mash tortish. Tahorat turlari Tahoratning uch turi mavjud: farz tahorat, vojib tahorat, mustahab tahorat. 1. Farz bo‘lgan tahorat: tahorati bo‘lmagan odam har qanday namozni o‘qish uchun, janoza o‘qish uchun, tilovat sajdasi qilish uchun, Qur’oni karimning bir baytini bo‘lsa ham qo‘lga olmoq uchun tahorat qilishi farz. 2. Vojib bo‘lgan tahorat: Ka’bani tavof qilish uchun tahorat olish vojibdir. 3. Quyidagi hollarda tahorat qilish mustahab: 1) Uxlash oldidan. 2) Uyqudan uyg‘onganida. 3) Doimo tahoratli yurish uchun. Izoh: Hazrati Biloldan, roziyallohu anhu, rivoyat qilingan hadisga ko‘ra, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir kecha tushlarida jannatda takunya (tahorat uchun yog‘och poyafzal) kiygan Hazrat Bilolning qadam tovushlarini eshitganlarini aytdilar. Uyg‘ongach, Hazrati Biloldan qaysi xayrli amali uchun bunday martabaga erishganini so‘radilar. Bilol Habashiy bunga javoban shunday dedi: "Har qachon, tahoratim buzilsa, darhol tahorat qilib, ikki rakat namoz o‘qir edim ". 4) Tahorat ustiga olingan tahorat. 5) G’iybat qilganidan so‘ng. 6) Yolg‘on so‘zlagach. 7) Gap tashuvchilik, ya’ni odamlar orasini buzish, fitna chiqarish uchun chaqimchilik qilganidan so‘ng. 8 ) Qandaydir bir yomonlik qilgach. 9) Yomon ma’noda (qabih) she’r yozgach. 10) Qahqaha otib kulgach (namozdan tashqarida). 11) Mayitni yuvish uchun. 12) Janoza (mayitni) ko‘targanidan so‘ng. 13) Har bir namoz vaqti kirgach. 14) Junub bo‘lsa, g‘usl qilmasdan avval. 15) Junub bo‘lgan kishi yeyish, ichish, uxlash yoki takror qo‘shilishni xohlaganida. 16) G’azablangan paytda (chunki tahorat g‘azab otashini so‘ndiradi). 17) Qur’on tilovati va hadis rivoyati uchun. 18) Fiqhiy ilm o‘qish yoki o‘qitish uchun. 19) Azon va takbir aytish uchun. 20) Xutba o‘qish uchun. 21) Ravzai mutahharani (Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam qabrlarini) ziyorat qilish uchun. 22) Arafotda vuquf uchun. 23) Safo va Marva orasida say (yugurish) uchun. 24) Tuya go‘shti yeganidan so‘ng. 25) Mujtahidlar o‘rtasidagi xilofli masalalardan chiqish uchun begona ayolga tegib ketgach (ya’ni, har ikkisining ochiq azolari bir-biriga tekkanida), tahorat qilish mustahabdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling