Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc
Download 0,55 Mb. Pdf ko'rish
|
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh
G’uslning sunnatlari
G’uslning o‘n ikkita sunnati bor. 1. G’uslni "Bismilloh" bilan boshlamoq. 2. Niyat qilmoq. 3. Qo‘llarni oshig‘i bilan yuvmoq. 4. Badanga najosat tekkan bo‘lsa, avval uni tozalamoq. 5. Avratlarini yuvmoq. 6. G’usldan avval tahorat qilmoq (xuddi namozga tahorat qilgandek, a’zolarini uch martadan yuvadi va boshga mash tortadi, faqat oyoqlari ostiga suv to‘planadigan bo‘lsa, oyoq yuvishni g‘usl oxiriga qoldiradi). 7. Har bir a’zoga uch martadan suv quymoq, oqava suv yoki uning hukmidagi suvda sho‘ng‘ib cho‘milsa, (tahorat va g‘usl qilishga ketgan muddat miqdoricha suvda qolsa) sunnat bajarilgan bo‘ladi. 8. Suv quyishni boshdan boshlamoq. 9. So‘ngra o‘ng yelkadan quymoq. 10. So‘ngra chap yelkadan quymoq. Nurul Izoh www.ziyouz.com kutubxonasi 16 11. Birinchi quyishda badanni ishqalamoq. 12. Barcha a’zolarni beto‘xtov, ketma-ket yuvmoq. G’usl odobi va makruhlari G’usl qilish odobi tahorat olish odobi kabi bo‘lib, faqat g‘uslda qibla tomonga yuzlanmaydi. Chunki g‘uslda avrat joylar ochiq bo‘lishi mumkin. Izoh: Nopok joy bo‘lgani uchun, yalang‘och holda, duo o‘qish uchun bo‘lsa ham, hammomda gapirmaslik mustahabdir. Avrat joylariga qarashi harom bo‘lgan kishilar ko‘rmaydigan pana joyda yuvinish ham mustahabdir. Payg‘ambarimiz, sallallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo hayo sohibidir, yashiringan Zotdir. Shu bois hayoli va avrat joylarini yashirgan kishini sevadi. Sizlardan bir kishi yuvinayotganida odamlar ko‘rmaydigan, pana joyni tanlasin ", mazmunidagi hadislari bilan mazkur masalada musulmonlar qanday harakat qilishlarini ko‘rsatib berganlar. Ayollar ham boshqa ayollar orasida yuvinishga majbur bo‘lsalar, boshqalar ko‘rmaydigan pana joy topishlari zarur. Erkaklar orasida esa ayollar yuvinishni boshqa qulayroq vaqtga qoldiradilar. Xoli joyda g‘usl uchun yechingan odamning avratini boshqa odam ko‘rib qolganida, yuvinayotgan kishi emas, unga qaragan odam gunohkor bo‘ladi. Tahoratdagi makruh holatlar g‘uslda ham makruhdir. Download 0,55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling