Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Nifos. Ayollardan tug‘ishdan so‘ng keladigan qondir. Muddatining ko‘pi qirq kundir, kami uchun  malum chegara belgilanmagan.  Istihoza


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Nifos. Ayollardan tug‘ishdan so‘ng keladigan qondir. Muddatining ko‘pi qirq kundir, kami uchun 
malum chegara belgilanmagan. 
Istihoza. Ayollardan hayz paytida uch kundan oz va o‘n kundan ko‘p muddatda, nifosda esa qirq 
kundan so‘ng ham (tomir yorilishi tufayli) keladigan qondir. 
Tuhr (hayzdan poklanish) muddati 
Ikki hayz orasidagi poklanish muddati kamida o‘n besh kundir. Eng ko‘p muddati belgilanmagan. 
Faqat istihoza qoni kelayotganida balog‘atga yetgan ayolning hayz muddati o‘n kun, poklanish holati 
o‘n besh kun, nifos muddati esa qirq kun qilib belgilanadi. 
Hayz va nifos paytida qilish harom bo‘lgan amallar  
Hayz va nifos paytida ushbu sakkiz amalni qilish harom: 
1. Namoz o‘qish. 
2. Ro‘za tutish. 
3. Qur’oni karimdan bir oyat miqdoricha o‘qish (zikr, sano va duo maqsadida duo oyatlarini o‘qish 
joiz). 
4. Qur’oni karimni yo biror oyatni g‘ilofsiz ushlash (oyat qog‘oz yoki matoga yozilgan bo‘lsa ham). 
5. Masjidga kirish. 
6. Ka’bani tavof qilish. 
7. Jinsiy aloqa qilish. 
8. Erkakning ayol kindigi bilan tizzasi orasidagi azolaridan foydalanishi. 
Poklanish nima bilan tamomlanadi  
Hayzning (o‘n kun), nifosning (qirq kun) muddati o‘tgach, g‘usl qilmasdan jinsiy aloqa qilish joizdir. 
Hayz va nifosning eng ko‘p muddati o‘tmay turib, ayolning doimiy odati bilan qon to‘xtasa, g‘usl yo 
tayammum qilib, namoz o‘qimagunicha yoki namoz uning zimmasida farz bo‘lmagunicha, jinsiy aloqa 
qilishi mumkin emas. Buni shunday tushunish kerak: ayol hayzi to‘xtagach, g‘usl qilib namoz o‘qishi 
uchun yetarli yo oshiqcha vaqt kechsa ham g‘usl yoki tayammum qilmay shuncha vaqt o‘tkazganidan 
so‘ng eri bilan jimo qilishi mumkin. 
Farzlarning qazosi  
Hayz yoki nifos qoni to‘xtagach, ayol (Ramazonda bo‘lsa) ro‘zasining qazosini tutib beradi. Qazo 
bo‘lgan namozlarini o‘qimaydi. 
Junub kishiga harom bo‘lgan amallar  
G’usl qilguncha beshta narsa harom bo‘ladi: 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
1. Namoz o‘qish. 
2. Qur’oni karimdan bir oyat (bo‘lsa ham) o‘qish. 
3. Qur’onni yo biror oyati karimani g‘ilofsiz ushlash. 
Izoh: G’ilof Qur’oni karimga yopishgan bo‘lmay, faqat uni muhofaza qilish uchun qo‘llanadigan 
sumka, mato, xaltachaga o‘xshash narsalardir. Bular Qur’oni karimga yopishmagani uchun, ular 
orqali Qur’oni karimni ushlash joiz. Ammo Qur’onning jildi Qur’oni karimdan bo‘lgani uchun, uni 
g‘ilofsiz ushlash joiz emas). 
4. Masjidga kirish. 
5. Ka’bani tavof qilish. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling