Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Mashning farzi  
Mashning farzi har bir oyoqning ust qismiga mahsi ustidan qo‘lning uchta kichik barmog‘ichalik 
miqdorda mash tortishdir. 
Izoh: Hadisda aytilishicha, Payg‘ambarimiz Muhammad, sollallohu alayhi va sallam, tahorat 
qilayotib, mahsilarini yechgan bir kishini ko‘rdilar va uni ohista turtdilar. So‘ngra mahsi ustiga mana 
bunday mash tortish buyurildi deb, oyoq uchidan boshlab to‘piqlarigacha qo‘llarining uchta 
barmog‘ini moydirgan holda mash tortish kerakligini unga ko‘rsatib berdilar. 
Mashning sunnatlari 
Mashning sunnati qo‘lni (suv olib tashlagach) barmoqlarni ochiq holda mahsining ustiga qo‘yib, 
oyoqlarning uchidan boshlab mahsining qo‘njigacha tortishdir. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Mashni buzuvchi sabablar 
Tahoratni buzadigan narsalar, yana quyidagilar mashni buzadi: 
- mahsini yechish, oyoqning yarmidan ko‘prog‘ini yechish maqsadida mahsining qo‘njigacha 
chiqarish; 
- mahsiga suv kirib, bir yoki ikki oyoqning yarmidan ko‘prog‘ini ho‘l qilish; 
- mash muddatining tugashi. Tahorat qilsa shiddatli sovuqqa oyoqlar muzlashidan qo‘rqsa, mash 
muddati xavf o‘tgungacha cho‘ziladi. Mahsini yechish, suv kirib ketishi, mash muddati tugashi bois 
mash buzilsa, faqat oyoqlar yuviladi. 
Boshdagi salla, quloqchin, ro‘mol, qo‘lqop va shunga o‘xshash narsalar ustidan mash tortish joiz emas. 
 
Bog‘lagich (bint), gipsga o‘xshash narsalar haqida 
Azolarning biridan qon oldirilganida, biror azo yaralangan yoki singanida bint yoki gipsga o‘xshash 
narsalar bilan bog‘lansa va ularni yuvishga ham imkon bo‘lmasa, bog‘langan joyning aksar qismi yoki 
hammasi ustidan mash tortiladi. 
Qon oldirilgan yoki yarador bo‘lgan azolarning bog‘lagichlar orasidan ko‘rinib turgan joylarga mash 
tortish kifoyadir. 
Gips yoki bog‘langan joy ustidan mash tortish yuvish kabidir. Bunda mash tortishning malum bir 
muddati yo‘q, yani yara tuzalib ketgunicha mash tortish mumkin. 
Bir kishining taxtakachlash, gipslash yoki bog‘lashni tahoratli holda bajarishi shart emas. 
Ikki oyoqdan biri yarali bo‘lganida, yarali oyoqning bog‘langan joyiga mash tortib, ikkinchi oyoqni 
yuvish joiz. 
Yara tuzalmasdan avval taxta, gips yoki bint tushib ketsa ham, ustidan tortilgan mash buzilmaydi. 
Zarurat tufayli bint (va shunga o‘xshash narsalar)ni yangilash joizdir. Bu holda qaytadan mash tortish 
vojib emas, lekin mash tortgan afzal. 
Kasallik tufayli musulmon va mutaxassis shifokor tomonidan yuvmaslik tavsiya qilingan yoki yuvilsa, 
zarar yetishi taxmin qilingan yarali ko‘z ham yuvilmaydi. Unga mash tortiladi. 
Tirnoq siniqlariga dori, saqich, o‘t pufagi qo‘yib bog‘langan, yechib yuvish zararli bo‘lsa, unga mash 
tortish joizdir. Mash tortish zarar bersa, bu ham tark qilinadi. 
Yarali azolarga bog‘langan bint yoki gips ustidan, tahoratda esa boshga mash tortish uchun niyat qilish 
shart emas. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling