Mavzu:Tuproqning ifloslanish muammolari
Reja:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1. Tuproq, uning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati
2. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish
3. Tuproq unumdorligi pasayishi va ifloslanishi sabablari va muammolari
4. Tuproqni muhofaza qilish.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Yerning boniteti – yerning hosildorligini belgilovchi sifat mezoni.
Lyoss jinslari – karbonat va kvars zarralaridan tuzilgan sarg‘ish (sog‘) tuproq.
Tuproq eroziyasi – tuproq ustki qatlamining emirilishi, uning suv bilan yuvilib ketishi (suv eroziyasi) yoki shamol bilan ko‘chib ketishi (shamol eroziyasi).
Tuproqning botqoqlanishi – tuproq suvni yo‘qotishga qaraganda ko‘p qabul qilishidan uning strukturasi o‘zgarishi. Bu hodisa yer osti suvlari yaqin joylashgan va yog‘in-sochinlar ko‘p bo‘lib turadigan syernam zonalarda uchraydi.
Tuproqning birlamchi sho‘rlanishi – tuproqqa suv va chang bilan kelib qo‘shiladigan tuzlar miqdorining ularni o‘simliklar o‘zlashtirishi imkoniyatidan ortib ketishi. Bu hodisa ko‘proq quruq iqlimli cho‘l zonalarida uchraydi.
Tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi – tuproq namligining bug‘lanishi jarayonida tuz moddalarining yer betida to‘planib qolishi. Bu hodisa yer osti sizot suvlari yer sirtiga yaqin joylashgan meliorativ holat yomon bo‘lgan maydonlarda uchraydi.
Tuproqning cho‘llanishi – o‘simliklar qoplamining keskin kambag‘allashib, tuproqning yanchilishi va payxon qilinishdan uning donadorligi yo‘qolib, yalong‘och ko‘chmanchi qumlar paydo bo‘lishi. Bu hodisa quruq iqlimli hududlarga xos.
Industrial (antropogen) sahro – sanoat chiqindilari ta’sirida o‘simliklar qoplami halok bo‘lishidan korxona atrofida uchraydigan yalong‘och yer maydoni. Bunday maydonlar, odatda, rangli metallurgiya korxonalari yaqinida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |