Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Yerning tozalanishi  
Iflos bo‘lgan yer yuzasi quyosh yoki shamol tasirida Qurib, ustidagi najosat asorati yo‘qolgach, 
poklangan hisoblanadi. Bunday joyda namoz o‘qish joiz. Faqat u tuproqqa tayammum qilib bo‘lmaydi. 
Zero, tayammumda tuproq (najosatdan) pok bo‘lishi shart. Shuningdek, yerda o‘sib turgan daraxt va 
o‘tlar ham ustidagi najosat qurib yo‘qolgach, toza hisoblanadi. 
Boshqa holga o‘tish bilan poklanish  
Iflos bir narsa chirishi yoki yonib kul bo‘lishi bilan mohiyati o‘zgarsa, poklangan hisoblanadi. Libos 
yoki badanda qurib qolgan maniy qirib tashlansa, pok bo‘ladi. Agar qurimagan bo‘lsa, yuvib 
tozalanadi. 
O’lik hayvonlarning terisi va shunga o‘xshash narsalarning poklanishi 
Inson va to‘ng‘izdan boshqa, go‘shti yeyilmaydigan o‘lik hayvonlarning terisi achchiqtosh, tuz va 
shunga o‘xshash dorivorlarni sepish orqali haqiqiy manoda, tuproq surish yoki quyoshda quritish orqali 
esa hukmiy manoda oshlash bilan hisoblanadi. 
Izoh: O'lik fil terisi ham oshlansa, halol. Chunki fil hukman vahshiy hayvonlar sarasiga kiradi. Zero, 
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, fil tishidan yasalgan taroq qo‘llagan edilar. 
Go‘shti yeyilmaydigan hayvonlarning terilari, shariy so‘yish ("Bismilloh" aytish) bilan pok bo‘ladi. 
Go‘shtlari esa shariy so‘yilsa ham, halol bo‘lmaydi. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Qon bormaydigan soch, tirnoq, shox va yog‘i bo‘lmagan suyakka o‘xshash azolar, hayvon o‘lgach, 
nopok hisoblanmaydi. Ammo asab tolalari nopokdir. Kiyikning mushk xaltasi, mushkning o‘zi kabi 
pokdir, yeyilishi joiz. Yovvoyi mushukning mushki ham pok bo‘lib, uning xushbo‘y hididan sepgan 
kishining namozi durustdir. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Hayz, nifos va istihoza orasidagi farqni, har birining eng kam va eng ko‘p muddatlarini ayting. 
2. Ikki hayz orasidagi eng qisqa va eng uzun poklik muddati qancha? 
3. Hayz va nifos paytida bajarilishi harom bo‘lgan amallarni bayon qiling. Poklik holati qay tarzda 
to‘liq bo‘ladi, hayz va nifosda bo‘lgan ayol namoz va ro‘zani qazo qiladimi? 
4. Junub va tahoratsiz bo‘lgan kishiga bajarish harom bo‘lgan amallarni bayon qiling. 
5. Istihoza va shunga o‘xshash holatlarning hukmini tushuntirib bering. 
6. Kishi qachon uzrli hisoblanadi? Uzrning davomiylik sharti bilan nihoyaga yetish shartini ayting. 
Uzrli kishi qanday tahorat qiladi va qanday hollarda tahorati buziladi? 
7. Najosatning turlarini ayting, har biriga bittadan misol keltiring. Qancha miqdordagi najosat namozga 
mone hisoblanmaydi? 
8. Ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan najosatlar qanday tozalanadi? Libos va badandagi najosat 
nima bilan poklanadi? Mahsi va shunga o‘xshash narsalar qanday tozalanadi? 
9. O’lik hayvonlarning terisi nima bilan poklanadi? O’lim tirnoq va suyaklarning iflosligiga sabab 
bo‘ladimi? Kiyiklarning mushk xaltasi pokmi yo nopok? 


Nurul Izoh 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling