Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
o‘qish.
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tgunigacha kechiktirish, havo
bulut kunlari tezroq
o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu
hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir.
Ikki farz namozning birga (jam’) o‘qilishi
Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (ya’ni, jam’ qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz emas. Faqat
Arafot-da ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr
namozlari
peshin vaqti ichida, Muzdalifada esa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam’
qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas.
Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari
1. Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish.
2. Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq
o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish.
3. Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha
kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish.
4. Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz
kechiktirib o‘qish.
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tguniga-cha kechiktirish,
havo bulut kunlari tezroq
o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu
hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir.
Do'stlaringiz bilan baham: