Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Hayvon va vositaning ustida namoz o‘qish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Hayvon va vositaning ustida namoz o‘qish
Shahar (qishloq va ovul) tashqarisiga chiqqach, kishi hayvon ustida bo‘lsa, u ketayotgan tomonga 
qarab imo bilan nafl namoz o‘qishi joizdir. Hayvon ustida boshlagan namozini yerga tushib tamom 
qilishi mumkin. Faqat yerda boshlagan nafl namozni markab ustiga chiqib tugata olmaydi. 
Izoh: Chunki yerda nafl namoz o‘qib boshlagan kishining iftitoh takbiri namozning sahih bo‘lishi 
uchun zarur barcha shartlarni bajarishga so‘z berishdir. Shunday mas’uliyat bilan boshlangan bir 
namozni markab ustida davom ettirib tamomlasa, kishi avvalo, bajarishni bo‘yniga olgan qiblaga 
qarash, joy o‘zgartirmay namozni bitirish, toza joyda namoz o‘qish, odatiy tarzda ruku va sajda qilish 
kabi shartlarni tark etgan hasoblanadi. Ammo markab ustida boshlangan namozning iftitoh takbiri 
bunday shartlarning bajarilishini talab qilmaydi. Shuning uchun kishi namozini yerga tushib davom 
ettirsa, bergan va’dasidan ko‘ra ko‘nroq shartlarni bajargan bo‘ladi. 
Abu Hanifadan, rahmatullohi alayh, rivoyat qilinishicha, markab ustida imo-ishora bilan namoz 
o‘qish joiz bo‘lsa ham, bomdod namozining sunnatini yerda o‘qish zarur. Zero, bu namoz sunnati 
muakkadalarning eng quvvatlisidir. 
Suyangan holda namoz o‘qish charchagan (yoki toliqqan) paytda nafl namozini biror narsaga 
suyanib o‘qish karohatsiz joizdir. Faqat hech qanday uzrsiz suyanib olish odobga zid bo‘lganidan 
makruhdir. Hayvon ustida mavjud najosat, xoh egar ustida, xoh mingilarida bo‘lsin, namozning 
durustligiga to‘siq bo‘lmaydi. Yurib ketayotgan yoki suzayottan kishining o‘sh holatda nafl namoz 
o‘qishi, ulamolarning ittifoqi bilan sahih emas, chunki bular namozga zid harakatlardir. 
Hayvon ustida o‘qiladigan farz va vojib namozlar  
Farz namozlarini, vitr va nazr namozlarni, japoz namozini hayvon ustida o‘qish, shuningdek, yerda 
o‘qilg (sajda) oyatining sajdasini hayvon ustida qilish durust
emas. Faqat mazkur namozlarni, kishi 
o‘ziga, minadigan hayvoniga yoki kiyimlariga o‘g‘ri yoki yirtqich hayvon hujum qilishidan qo‘rqsa, 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
shuningdeq, yer juda loy bo‘lishi, mi nayotgan hayvonning sho‘x bo‘lishi yoki qariligi tufayli yerg 
tushsa, takror minishiga yordam beruvchi yo‘qligi kabi uzr sabablar bo‘lsa, hayvon ustida o‘qish 
joizdir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling