Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Idishlar va kiyimlarning tozasini tanlash


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/138
Sana04.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1691644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Idishlar va kiyimlarning tozasini tanlash  
Ko‘pi toza, ozi nopok bo‘lgan idishlar bir-biriga aralashib ketganida, tahorat uchun ham, ichish uchun 
ham idishlarning tozasini topishga harakat qilish kerak. Agar ularning ko‘pi nopok bo‘lsa, tahorat 
qilish uchun tozasi qidirilmaydi, tayammum qilinadi. 
Nopok va toza kiyimlar bir-biriga aralashib ketsa, xoh ularning ko‘pi nopok bo‘lsin, xoh toza bo‘lsin, 
tozasini topishga harakat qilish kerak. 
Quduqlar va ularni tozalash  
a) Kichik quduqlar: Suvini tortib tugatish mumkin bo‘lgan quduqqa qon yoki aroq kabi najasning 
tomchisi tushsa, uning barcha suvi chiqarib tashlanadi. Shuningdek, bunday quduqqa to‘ng‘iz 
(cho‘chqa) tushib ketib, og‘zi suvga tegmay tirik chiqsa ham yoki ichida it, qo‘y, inson o‘lib qolsa yoki 
kichik bir hayvon tushib o‘lib, shishgan bo‘lsa, quduqdagi barcha suv chiqarib tashlanadi. Shundan 
so‘ng chiqqan suv toza bo‘ladi. 
Mazkur holatlarda suvini tortib tugatib bo‘lmaydigan quduqlardagi suv necha paqir ekani ikki 
mutaxassis tomonidan belgilanadi va undan shuncha suv chiqarib tashlanadi. Tovuq, mushuk 
kattaligidagi hayvon quduqga tushib o‘lsa va shishmagan bo‘lsa, qirq paqir va yana yigirma paqir suv 
chiqarilishi kerak. 
Sichqon yoki sichqon kattaligidagi hayvonlar quduqqa tushib o‘lgan va shishmagan bo‘lsa, yigirma 
paqir va yetsa o‘n paqir suv chiqarilsa, toza bo‘ladi. Shu yo‘l bilan quduq, paqir, ip va suv 
tortuvchining qo‘li ham poklangan bo‘ladi. 
Tuya va qo‘yning bir-ikki qumaloqlari quduq suvini harom qilmaydi. Ammo ular ko‘p bo‘lsa, quduq 
suvi iflos hisoblanadi. Kaptar, chumchuq kabi go‘shti halol qushlarning go‘ngi suvni iflos qilmaydi. 
Baliq, qurbaqa kabi qoni oqmas, chivin, pashsha, ari, chayonga o‘xshash qoni yo‘q jonivorlar suvda 
o‘lsa, suv harom bo‘lmaydi. Badanida najas bo‘lmagan odam, go‘shti halol hayvon quduq suviga 
tushib, tirik chiqsa, quduq suvi harom bo‘lmaydi. Go‘shti yeyilmaydigan xachir, eshak, lochinga 
o‘xshash yirtqich qushlar yoki bo‘ri, maymun kabi yovvoyi hayvon ham suvga tushganida, badanida 
najas bo‘lmasa, chiqishi bilan so‘lagi suvga tushmasa, suv harom bo‘lmaydi. So‘lakning pok, harom, 
makruh va shubhali ekaniga, qarab hukm qilinadi. 
Quduqdan qachon tushib ketganligi nomalum, shishib ketmagan hayvon o‘ligi topib olinsa, bir kecha 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
kunduz, agar shishib go‘shtlari titilib ketgan bo‘lsa, uch kecha kunduz avvaldan etiboran quduq suvi 
iflos bo‘lgan hisoblanadi. Bu muddat ichida o‘sha suvdan tahorat olib o‘qilgan namozlar qayta o‘qiladi 
va g‘usl qilingan bo‘lsa, yangidan g‘usl qilinadi. 
Istinjo  
Erkaklar tahorat ushatganlaridan so‘ng yurib, yo yo‘talib, yo egilib yoki shunga o‘xshash turli 
harakatlar bilan o‘zlarini najas yo‘lida qolgan siydik tomchilaridan, qalban ishonch hosil qilingunicha, 
tozalanishlari istibro deyiladi. 
Payg‘ambirimiz, solladlohu alayhi va sallam: "Qabr azobining aksariyati bavl (siydikdan 
saqlanmaslik) tufaylidir", deganlar. Hadisi sharifdagi bavldan maqsad, kichik tahorat ushatilgach, 
orqasidan kelgan siydik tomchilaridir. Bu tomchilardan poklanmay tahorat qilgan kishining tahorati 
hisobga o‘tmaydi, Chunki bu tomchilar yaxshilab ketkazilmasa, turganidan so‘ng tomib, badan va 
kiyimni iflos qiladi va tahoratsiz namoz o‘qilgan hisoblanadi. Shu bois siydik tomchilarining aniq 
to‘xtaganiga qalban ishonch hosil qilmaguncha, tahorat qilish joiz emas. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling