Microsoft Word oquv qollanma latin


 O‘simlik ildizining tuproqning suv rejimiga moslashishi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/43
Sana20.08.2023
Hajmi2 Mb.
#1668748
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
chdns

3.2. O‘simlik ildizining tuproqning suv rejimiga moslashishi 
Turli xil rivojlanish davrlarida o‘simliklarning suvga bo‘lgan talablari har xil 
bo‘ladi. O‘simlik o‘sib borishi bilan suvga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib boradi, o‘simlik 
vegetativ a’zolarining to‘la rivojlanish davrida suvga bo‘lgan talab maksimal 
darajaga yetadi. Pishish davriga kelib, suvga bo‘lgan talab kamayadi (3.2.1- 
jadval). Bu esa sug‘orish muddatlari va me’yorlarini belgilashda katta ahamiyatga 
ega, shuning uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sishining eng muhim davrlarida 
to‘xtab o‘tamiz. 


70 
3.2.1- jadval. Turli xil rivojlanish davrlarida o‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi. 
Kuzgi boshoqli 
ekinlar (bug‘doy 
suli, arpa)
Suvga bo‘lgan talab naychalash, boshoqlash va gullash davriga 
to‘g‘ri keladi. 
No‘xat, loviya
Gullash davrigacha, gullash davrida yalpi dukkaklash va pishish 
davrida suvga talab ortadi. 
Makkajo‘xori
So‘talashga 10-15 kun qolganda va don mum pishgan davrida suv 
tanqisligiga o‘ta ta’sirchan bo‘ladi. 
Kartoshka
O‘simlik g‘unchalashgacha, g‘unchalash-gullash, gullashdan 
keyin va kartoshka tugish davrida ko‘proq suv talab qiladi. 
Pomidor, 
karam, bodring
Suvga bo‘lgan talab karam ekilgandan keyin, barglari tez o‘sish 
davrida, pomidor va bodringlarni g‘unchalash davrida, karam 
boshi hosil bo‘lishida, pomidor va bodringlarda tugish davrida, 
karamda pishish davrida oshadi. 
Eski beda
Har bir o‘rimdan keyin sug‘orish talab etiladi. Tabiiy sharoit va 
umumiy suv iste’moliga (o‘simlikning bargidan bug‘lanib 
ketadigan suv miqdori va tuproq ustidan bug‘lanib ketadigan suv 
miqdori) qarab o‘rimlar orasida ham sug‘oriladi. 
Oq jo‘xori
Gullash-donga kirish. 
Kunga boqar
Gullash davri. 
Olma
Gullash, meva tugish paytida. 
Poliz ekinlari
Gullash-pishish oldidan. 
Paxta
Sug‘orish shonalash davrida, gullash-hosilga kirish, pishishning 
boshlanishi davrida talab etadi. Suvga bo‘lgan eng yuqori talab 
gullash-hosilga kirish davriga to‘g‘ri keladi. 
O‘simliklarning suv iste’mol qilishi quyidagicha kechadi. Sug‘orilganidan 
keyin o‘simlik tuproq nay kapillyarlari bo‘yicha harakatlanayotgan va 


71 
o‘zlashtiriladigan namdan foydalanadi. Suvning o‘simlik bargidan va tuproq 
yuzidan bug‘lanib borgani sari o‘zlashtiriladigan tuproq namligi kamayib boradi. 
O‘simlik hujayralaridagi namlikni saqlash uchun, tuproq qurishi bilan paxta 
bargining ostki tomonidagi tuynukchalar bekila boshlaydi. Bu vaqtda ildizdan 
barglarga suv va ozuqa moddalari kelishi qisqaradi, barglari qorayib, so‘lish 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling