Microsoft Word oquv qollanma latin


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana20.08.2023
Hajmi2 Mb.
#1668748
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
chdns

nuqtasiga
yetadi. Turli o‘simliklar tuproqning har xil darajada qurishiga qarab 
so‘liydi [43]. 
Suvsizlikka chidamli va chidamsiz o‘simliklar mavjud. Masalan, sizot 
suvlari chuqur bo‘lgan tuproqlarda makkajo‘xori va paxta, bedaga nisbatan namlik 
tanqisligiga ko‘proq ta’sirchan o‘simlik deb hisoblanadi. So‘lish nuqtasining 
qiymati tuproqning mexanik tarkibiga, o‘simlik turiga va rivojlanish davriga ham 
bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining suvga tashnaligini bildiruvchi indikatorlar 
quyidagilardan iborat:
1) bukilib qolishi va so‘lishi; 
2) to‘q ranga kirishi; 
3) yosh barglarning buralib qolishi va so‘lishi, chunki u yetilgan barglarga 
nisbatan anchagina nozik; 
4) o‘sish jarayonining sezilarli pasayishi; 
5)suv tanqisligi oqibatida barglarning o‘zgarishi. 
Ushbu fiziologik xususiyatlar jazirama va shamolli iqlimda yanada 
ravshanroq bo‘lib qoladi. Hattoki tuproq tarkibida suv doimo mavjud bo‘lsa ham, 
bunday kunlarda ekinlar yuzasidagi bug‘lanish juda tez sodir bo‘ladi. Agar 
ekinlardagi ushbu belgilar kechasi bilan o‘tib ketmasa, u holda ekinlar suv 
tanqisligini sezayotgan bo‘ladilar. Bu esa hosildorlikning pasayishiga olib keladi.
Sug‘orish muddatini to‘g‘ri belgilash o‘simliklarni optimal namlik bilan 
ta’minlashning asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shunda o‘simlik 
suvsizlikdan zo‘riqmaydi va mevalash tugunchalarini to‘plash jarayoni suv 


72 
ta’minoti bilan bogliq holda amalga oshadi, hosil va uning sifati 
pasaymaydi.Yuqori me’yorlar bilan sug‘orish tuproqning ortiqcha namlanishiga 
olib keladi, tuproqda aeratsiya pasayadi, suv-havo rejimi buziladi, suv ildiz 
qatlamidan chuqur qatlamlarga singib yo‘qoladi hamda katta sarf-harajatlar 
evaziga tuproqga berilgan ozuqa elementlarini yuvib ketadi, natijada hosil 
pasayadi. Fermerlar o‘z amaliyotida qo‘llay oladigan sug‘orish muddatlarini 
belgilash dala usullarini ko‘rib chiqamiz.
Tuproq namligini sug‘oriladigan maydonning diagonali bo‘yicha uchta 
nuqtada aniqlaymiz. Tuproq namunasi sof holatga kelgan deb baholanganda 
sug‘orish talab etiladi. Tuproq namligiga qarab sug‘orish muddatini belgilashda 
faqat ildiz qatlami hisobga olinadi. Paxta uchun shonalashgacha bo‘lgan davrda bu 
qatlam 0-50 sm, shonalash davri-gullashning boshlanishi 0-70 sm, gullash-hosilga 
kirish va pishishning boshlanishi davri uchun 0-100 sm [26, 34].
Shunday qilib, sug‘orish me’yori paxta rivojlanishining birinchi bosqichida 
kamroq va ildiz 0-100 sm chuqurli qatlamga etganda, ya’ni gullash, hosilga kirish 
bosqichida eng yuqori bo‘lishi kerak.
Namlikni aniqlash uchun tuproq namunasi o‘simlik rivojlanishining 
shonalash bosqichigacha bo‘lgan davrda tuproq namunasi 20 sm chuqurlikdan, 
keyinchalik (shonalash, gullash-hosilga kirish, pishish) 35-40 sm chuqurlikdan 
olinadi.
Ishlab chiqarish sharoitida tuproq namligiga qarab sug‘orish vaqtini 
belgilashning yana bir usuli mavjud. Bunda 35-40 sm chuqurlikdan olingan tuproq 
qo‘lda siqilganda kesak hosil bo‘lishi kerak emas, ko‘krak balandligidan yerga 
tashlaganda oson sochilib ketishi kerak. Bu holatda sug‘orish kerak bo‘ladi (3.2.2-
jadval). 


73 
3.2.2-jadval. Sug‘orish oldidan tuproqning optimal namligi va qishloq 
xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish muddatlari 
Tuproq sharoiti va ekin 
turlari 
Optimal namlik, % 
Tuproq shimish kuchi 
(santibar). 
Dala nam 
sig‘imiga 
nisbatan 
Tuproq 
hajmiga 
nisbatan 
Sug‘orishni 
boshlash 
Sug‘orishni 
tugatish 
Paxta - o‘rta va og‘ir sho‘rlanmagan tuproqlarda: 
a) unib chiqgandan pishish 
davrigacha 
70 
18-21 
51-53 
10 
b) ko‘raklar ochilish davrida 
60-65 
15-20 
52-56 
10 
Paxta - yengil sho‘rlangan tuproqlarda: 
a) unib chiqgandan pishish 
davrigacha 
75-80 
17-18 
30-40 
10 
b) ko‘raklar ochilish davrida 
65 
15 
40 
10 
Beda va makkajo‘xori: 
a) o‘rta va og‘ir 
sho‘rlanmagan tuproqlarda 
75 
19-22 
48-50 
10 
b) yengil sho‘rlangan 
tuproqlarda 
80-85 
18-20 
20-30 
10 
Kuzgi bug‘doy: 
a) o‘rta va og‘ir 
sho‘rlanmagan tuproqlarda 
70-75 
18-22 
48-53 
10 
b) yengil sho‘rlangan 
tuproqlarda 
75-80 
17-18 
30-40 
10 


74 
Agar dalaga tenziometrlar o‘rnatilgan bo‘lsa, sug‘orishni yuqoridagi 3.2.2-
jadvalda keltirilgan muddatlarga asoslangan holda amalga oshirish kerak bo’ladi. 
Amaliyotda o‘simlikning tashqi alomatlari navbatdagi sug‘orish belgilashni asosiy 
ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi.
Paxtaning tashqi alomatlariga qarab sug‘orishni belgilash uslubi bilan 
tanishib o’tamiz. Paxtaning shonalash bosqichida o‘rtacha kunlik o‘sishi 0,3-0,5 
sm, bosh poyaning yer sathidan g‘o‘zapoya uchigacha umumiy balandligi 14-18 
sm bo‘lishi kerak. Gullash-hosilga kirish bosqichida o‘rtacha kunlik o‘sish 0,8-1,5 
sm gacha ko‘payadi, umumiy balandlik 40-45 sm bo‘ladi. Pishish arafasida bosh 
poyaning o‘sishi 0,8-1,3 sm/kun ga, umumiy balandligi 80-90 sm ga etadi. 
Kuzatuv jarayoni dala diagonali bo‘yicha joylashgan tipik o‘simliklar ustidan olib 
boriladi. Kuzatuv ostidagi o‘simlikka latta parchasi yoki etiketka bog‘lanib 
qo‘yiladi. O‘simlik balandligi 15 may, 1 iyun, 15 iyun, 30 iyun, 15 iyul va 1 
avgustda o‘lchanadi.
Fan va amaliyotda shu narsa tasdiqlanganki, paxtaning hosilga kirish 
bosqichiga kelib, paxtada ochilayotgan gullarning gullash chegarasiga 
yaqinlashgani kuzatiladi. Bunda gullash bo‘g‘inining eng yuqori balandligi gullash 
davri boshida kuzatiladi. Tuproq namligi kamaygani sari gullash bo‘g‘inining 
balandligi pasayadi, gullar g‘o‘za uchiga yaqinlashadi, bu esa g‘o‘zaning 
chanqaganligini, o‘simlik o‘sishining sekinlashuvini va g‘o‘zani sug‘orish 
zarurligini bildiradi. Kuzatuvlar etiketkalar bilan belgilangan o‘simliklar ustida 
olib boriladi.
Tuproqda namning kamayishi bilan bargning hujayra soki konsentratsiyasi 
va uning shimish kuchi oshib boradi. Barglar so‘lib to‘q yashil rangga kiradi. 
Paxta maydonining 20% barglari to‘q yashil rangga kirganda sug‘orishni amalga 
oshirish kerak. Sug‘orilgandan so‘ng, barglar och-yashil tus oladi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, bu uslubdan shonalash bosqichida foydalanish kerak. Gullash-
hosilga kirish bosqichida barglarning qorayishiga qarab sug‘orishni belgilash aniq 


75 
natija bermasligi mumkin, chunki bu davrda barglar rangining keskin o‘zgarishi 
kuzatiladi.
Barglar o‘zagining holatini kunning issiq vaqtida (13.00-15.00 soat 
oralig‘ida) bosh poya uchidan 3-chi va 4-chi barglariga qarab aniqlash kerak. Nam 
qochgan bargni egganda, bargning markaziy chizig‘i qarsillamasdan sinadi. 
Chamasi, dalada 20 % o‘simlikda paxta bargi yumshaganda sug‘orishni amalga 
oshirish kerak.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling