Microsoft Word oquv qollanma latin
Suvdan foydalanishni tashkil qilish tartibi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
chdns
4.4. Suvdan foydalanishni tashkil qilish tartibi
1-bosqich. SIU gidrotexniki (bosh mirobi) qishloq xo‘jalik ekinlarini daxanalar bo‘yicha joylashishi haqida ma’lumot to‘playdi. 2-bosqich. SIU kanallariga va Suvdan foydalanishning daxanalariga suv berish usullari aniqlanadi. Suvdan foydalanuvchilarning qaysi biriga doimiy suv berish (50 ga. dan yuqori), qaysi biriga esa alohida yo‘naltirilgan ravishda suv berishdan ya’ni doimiy bo‘lmagan suv berish (uzlukli suv berish)dan iborat. 3-bosqich. SIU kanalida suvdan foydalanishni rejalashtirish. Sug‘orish maydonlarining gidromodul rayoni, yer boniteti hamda qishloq xo‘jalik ekinlarining turi va ularni sug‘orish tartibi (rejimi)ga qarab suvdan foydalanish rejalashtiriladi. 4-bosqich. Suvdan foydalanuvchilardan talabnomalar qabul qilish. SIU kanalidan suvdan foydalanish rejalari yilning fevral ayrim hollarda mart oylarni boshlarida tuziladi. Rejada suvdan foydalanuvchilar suv olish vaqtlari taqriban belgilab quyiladi. Suvdan foydalanuvchilarning suv olish vaqtlari quyidagilarga bog‘liq: • Manbaada suvning serobligi; • Tabiy iqlim sharoitlari; • Qishloq xo‘jalik ekinlarining vegetatsiya davri (ekilgan muddatdan to yig‘ib olinguncha o‘tgan muddat); • Qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanish holati; • Agrotexnik chora tadbirlari va boshqalar. Suvni o‘zaro taqsimlash suvdan foydalanuvchilarning oldindan bergan talabnomalariga qarab tashkil qilinadi. 138 Suvdan foydalanuvchilarni bergan talabnomalari ular o‘z qishloq xo‘jalik ekinini sifatli sug‘orishga tayyor ekanliklarini bildiradi, buning uchun ular quyidagi ishlarni bajarganidan dalolat beradi: • Suv oqib keladigan ariqlarni yovvoyi o‘t va loyqadan tozalangan; • Sug‘orish uchun egatlar tayyor; • Yerga kerakli miqdorda ishlov berilgan; • Yerga kerakli miqdorda mineral o‘g‘itlar berilgan; • Sug‘orish uchun yetarli darajada suvchilar bor va boshqalar. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling