Microsoft Word oquv qollanma latin


 Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/43
Sana20.08.2023
Hajmi2 Mb.
#1668748
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
chdns

 
4.5. Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi 
Suvning o‘simlik organizimida taqsimlanishi uning rivojlanishining fazasida 
turlicha bo‘ladi. G‘o‘zaning rivojlanishi unib chiqish, shonalash, gullash va yetilish 
fazalarida, g‘allasimonlarniki esa unib chiqish, to‘planish, gullash va yetilish 
fazalaridan iborat. 
G‘alla ekinlarining suvni eng ko‘p iste’mol qilishi boshoq chiqarish 
(to‘planish) fazasiga to‘g‘ri keladi. G‘o‘za gullash fazasida umumiy sun’iy 55-65 
% ini iste’mol qiladi. Tuproqda shu bilan birga tuproqqa unumdorlik beradigan 
elementlar (kislorod, vodorod, uglerod, kaliy, kalsiy, magniy, temir, azot, fosfor, 
oltingugurtlar) ham bo‘lishi kerak. G‘o‘zaning 67-77 %i suvdan iborat. Ekinlar 
oziq moddalarni o‘zlashtirishi va hosil tugishi uchun ulardagi suv va oziq 
moddalar ma’lum nisbatda bo‘lishi shart. Rivojlanishning har bir fazasida 
o‘simlikning suvga talabi agrotexnikaviy tadbirlarga, tabiiy sharoitlarga va 
gektardan olinishi mo‘ljallangan hosil miqdoriga qarab o‘zgaradi. Turli ekinlar 
tuproq namligini turlicha talab qiladi. Masalan, texnika ekinlari, ildizmevalar va 
kartoshka tuproqda to‘liq nam sig‘imining 60-70 %; ko‘p yillik o‘tlar, dukkaklilar 
va g‘allasimonlar 70-80 %; tovar ahamiyatiga ega donli ekinlar 40-50 %; boshqa 
donli ekinlar 50-60 % nam bo‘lishni talab qiladi. 
Suv o‘simlik hayotining normal rivojlanishini muhim faktorlaridan biridir 


139 
o‘simlik organizmida sodir bo‘ladigan hamma protsesslar o‘simlik hujayralarida 
yetarli miqdorda suv mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi. Ma’lumki, 
o‘simliklar tanalarida o‘z og‘irliklarining 60-95 % miqdorida suv bo‘ladi. 
O‘simliklarning urug‘lari unib chiqishi uchun shu urug‘ og‘irligining ma’lum 
miqdoridagi og‘irligi hisobida suv zarur bo‘ladi. 4.5.1- jadvalda o‘simliklar 
urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha o‘simlik organizmi uchun zarur 
bo‘ladigan suv miqdori ular og‘irligiga nisbatan % hisobida ko‘rsatilgan. 
4.5.1- jadval

O‘simliklar urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha 
o‘simlik organizmi uchun zarur bo‘ladigan suv miqdori. 
№ 
Ekinlar nomi 
Zarur suv miqdori,% 

Chigit 
60,0 

Makkajo‘xori 
44,0 

Bug‘doy 
45,5 

Arpa 
48,2 

Roj (Javdar) 
57,7 

Suli (Oves) 
60,0 

Qand lavlagi 
120,3 

Tarik (Proso) 
25,0 

Gorox (Noxot) 
107,0 
10 
Loviya 
76,0 
11 
Beda urug‘i 
56,3 
12 
Konoplya 
44,0 
 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki chigit o‘z og‘irligini 
60% miqdorida namlikni (suvni) shimigandagina unib chiqa boshlaydi, shu sababli 
chigitni ekishdan oldin tuproqda yetarldi nam to‘plash uchun har gektar yerga 600-
800 m
3
/ga suv beriladi yoki agar chigit quruq tuproqqa ekilgan bo‘lsa unga undirib 


140 
olish uchun ham suv beriladi. Bunda tuproqni sovitib yubormaslik uchun 50-60 sm 
tuproq qatlamini namlash uchun har gektar yerga 650-700 m
3
/ga hisobida nam suvi 
beriladi. Suv organizmning asosiy mineral tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu tufayli 
ham atrof-muhitdagi suvning miqdori harorat bilan bir qatorda yashash muhitining 
eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Suv hujayra organoidlarining kolloid holatini 
ta’minlaydi, suvdagi va metabalizm jarayonida qatnashadigan ko‘p organik hamda 
mineral moddalarni eritadi, hujayrani saqlaydi, fermentlar ishini kuchaytiradi. Suv 
va unda erigan mineral tuzlar ildiz orqali o‘simlik organizmiga shimiladi
 
O‘simliklar uchun suvning asosiy manbai yomg‘ir va qor suvlaridir, bundan 
tashqari o‘simliklar yana yer osti suvlari, shudring va tumanlardan ham 
foydalanadilar. Ana shu suvlarning umumiy miqdori va ularning yil fasllari 
bo‘ylab taqsimlanishi o‘simliklar hayoti uchun juda muhimdir. Masalan, ba’zi bir 
tropik iqlim sharoitidagi mamlakatlarda ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyo yoki 
Braziliyada bir yilda 10000 mm gacha yog‘in yog‘adi, buning ustiga iqlimi 
issiq va qish ham bo‘lmaydi, natijada o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun 
o‘ta qulay 
sharoit 
mavjud. 
Masalan, 
Braziliya hududida 
40 
ming 
va 
Indoneziya hududida 42 mingga yaqin o‘simlik turi o‘sadi. Markaziy Osiyo cho‘l 
zonasida yog‘inning o‘rtacha yillik miqdori 80 150 mm ni tashkil etsa, Janubiy-
G‘arbiy Afrikada joylashgan Namibiya sahrosida (Valfishbay tumani) bir yilda 
taxminan 8 mm yog‘in yog‘adi. Lekin shunga qaramasdan bu yerlarda ham 
o‘simliklar o‘sadi. Markaziy Osiyoning tog‘li tumanlarida yog‘in ko‘p yog‘ib, 
1200 mm gacha yetadi, uning yil fasllari bo‘ylab taqsimlanishi ham mavjud. Shu 
sababli bu hududlarda 7 mingga yaqin o‘simlik turlari o‘sgan bir paytda quruq va 
yozi issiq bo‘lgan cho‘l zonalarida esa atigi 800 ga yaqin o‘simlik turi o‘sadi. 
O‘simliklar organizmlarida suv, moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, 
shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi. 
Suv to‘qimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlarining 


141 
singishini, fizik termoregulyatsiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa 
jarayonlarni ta’minlaydi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling