Microsoft Word oquv qollanma latin


O‘zbekistonning geologik va gidrogeologik sharoitlari


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana20.08.2023
Hajmi2 Mb.
#1668748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
chdns

1.2.O‘zbekistonning geologik va gidrogeologik sharoitlari 
1.2.1. Geologik tuzilishi
, sizot suvlarining gidrodinamik
mintaqalari bo’ycha tavsifi 
O‘zbekiston hududi tekislik, tog‘lik va tog‘ oralig‘i cho‘kmalaridan iborat. 
Tog‘ massivlari Tyanshan burmali sistemasining g‘arbiy chekkasi bo‘lib, ko‘pgina 
tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, uning aksariyat qismi Ural-Oxota, qolgani Alp-
Himolay burmali mintaqasiga mansub. Tyanshanning O‘zbekiston hududidagi 
geologik tuzilishida tog‘ jinslarining ikkita megakompleksi ishtirok etgan. Tog‘ 
tuzilmalaripi tashkil etgan quyi megakompleks proterozoy va paleozoy yoshidagi 
murakkab dislokatsiyalangan cho‘kindi, metamorfik va magmatik jinslardan iborat. 
Yuqorisi mezozoy va kaynozoyning genetik har xil bo‘lgan, aksar tekisliklarda, 
tog‘ oralig‘i vodiylari, botiqlar hamda kichikroq ko‘tarilmalarda tarqalgan 
yotqiziqlaridir. O‘zbekiston hududida O‘rta va Janubiy Tyanshan jinslari yer 
yuzasiga chiqib qolgan. Ularning qoplama-burmali sistemasida yer po‘stining 
tokembriydan perm davrigacha bo‘lgan evolyupiyasini aks ettiruvchi turli 
geodinamik muhitning hosilalari ishtirok etadi [3]. 


16 
Tyanshanning geologik tuzilishidagi o‘ziga xoslik shundaki, hududning 
geologik rivojlanishida uning mezozoygacha va mezokaynozoy davri tarixida 
keskin farq mavjud. Tog‘ inshootlari, asosan, okean havzalari doirasida 
shakllangan tokembriy va paleozoy yotqiziqlaridan tuzilgan. Keyinchalik 
takrorlangan bir qancha tektonik jarayonlar natijasida kontinental va okean osti yer 
po‘sti jinslari, turli davrlarda mavjud bo‘lgan orollar yoyi majmualari jinslarining 
qorishuvilgan Tyanshanning yer po‘sti qalinligi 55 km. li murakkab geterogen 
strukturaga aylangan. 
O‘rta Tyanshan O‘zbekistonning shimoliy-sharqida joylashgan va Ugom, 
Sandalash, Piskom, Chatqol va Qurama tizmalarini o‘z ichiga oladi. Quyi 
toshko‘mir yotqiziqlari Piskom, Ugom, Chatqol tizmalari, Pistalitov, Xonbandi va 
Nurota tog‘larining shimoliy etaklarida keng tarqalgan. 
O‘rta toshko‘mir davrida O‘rta Tyanshan hududida (Mo‘g‘ultov, Qurama, 
Chatqol, Piskom va boshqa tizmalar) diorit-monsodiorit-granodiorit-adamellit 
tarkibli intruziyalar shakllangan. Yirik va murakkab strukturali Qurama. 
Qoramozor, Chatqol va boshqa massivlar aynan shulardan tuzilgan. Keyinroq 
Qurama hududida vulkanizm rivojlangan. 
Tyanshan O‘zbekistan hududida Sulton Uvaystog‘, Bo‘kantov, Tomditov
Ovminzatov-Beltov, Quljuqtov, Nurota, Molguzar tog‘lari, Turkiston va Zarafshon 
tizmalari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari, Chaqilikalon, Hisor tizmasi, Janubiy 
Farg‘onani o‘z ichiga oladi. U mazkur hududlarda turli davrlarda mavjud bo‘lgan 
qadimiy havzalarning okean osti yer po‘sti qoldiqlari va siyalik qobiqchi 
mikrokontinentlar bo‘laklari, shuningdek, granitoid mintaqalarning vulkaniq-
plutonik va kollizion jinslaridan tashkil topgan. 
Tyanshan strukturalari tokembriy va paleozoy jinslaridan tuzilgan. Tokembriy 
kesimida metamorfizm jihatdan bir-biridan keskin farqlanuvchi 2 ta majmua ajralib 
turadi. Quyisi radiologik aniqlangan yoshi 1600-1700 va 1750 mln. yoshga teng 
gneys; plagio-gneys; biotitli, kordierit-sillima-nitbiotitli va boshqa kristalli slanetslar; 


17 
kvarsit va amfibolitlardan iborat siyalik tarkib bilan harakterlanadi. Yuqori 
tokembriy majmuasi Qizilqum va Nurota tog‘larida topilgan. U kechkiproterozoy 
paleohavzasining rivojlanish bosqichiga taalluqchi vulkanogen-kremniyli-karbonat 
yotqiziqlardan tuzilgan. Kembriy boshlarida Turkiston okean havzasining sayoz 
passiv chekkalarida karbonat va terrigen-karbonat cho‘kindilar to‘plangan. 
Yerlarni melioratsiya qilish nuqtai nazaridan, sug‘orish va zax qochirish 
obyektlari gidrogeologik sharoitlarining omillari va ko‘rsatgichlariga quyidagilar 
kiradi: sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi, rejimi, balansi va 
umumiy gidrokimyoviy sharoiti. 
Quydagi 1.2.1- jadvalda sizot suvlarining gidrodinamik mintaqalari bo’ycha 
tavsifi keltirilgan. 
1.2.1- jadval. Sizot suvlarining gidrodinamik mintaqalari 
Mintaqa 
lar 
Mintaqalar tavsifi 
Sizot 
suvlari 
oqimlari 
turlari 
Yer osti 
suvi 
oqimining 
qiymati, 
mm/yil 
Sizot 
suvlarining 
asosiy 
minerallash
ganligi, g/l 
Sizot 
suvlarini 
asosiy 
yotish 
chuqur 
ligi, m 
Sizot 
suvlarining 
tuproq 
hosil 
boʼlish 
jarayoni 
dagi 
ahamiyati 
Geomorfologik 
sharoit 







1. Kuchli 
(jadal) 
drenajlan
gan yerlar 
Turli 
tezlikda 
xarakatlan
uvchi sizot 
suvlarining 
chuqur 
joylashgan 
oqimlari 
Gilli 
yotqiziqlar
da 
100-
300 
dan 
500-700 
shagal 
jinslarida 
Barcha 
iqlim 
sharoitlarid

o‘ta 
chuchuk va 
chuchuk 
>50-10 
(tabiiy 
sharoitd

va 
sug‘oril
adigan 
yerlard
a) 
Ishtirok 
etmaydi, 
tuproqlar 
avtomorf 
Tog‘ oldi shleyflari 
va 
tashilish 
konuslarining 
yuqori 
qismlari; 
chuqur 
o‘yilgan 
togʼoldi tekisliklari 
va 
allyuvial 
tekisliklar
baland 
daryo oldi zinalari
gili 
tuproqlardan 
tashkil topadi. 


18 
1.2.1- jadvalning davomi. 







2. 
Drenalang
an yerlar 
>100-200 
mm/kun 
tezlikda 
harakat 
qiluvchi 
sizot 
suvlari 
oqimi 
300-500 
Barcha 
iqlim 
sharoitlarid

o‘ta 
chuchuk va 
chuchuk 
Turli 
xil 
sug‘oril
adigan 
yerlard
a 0-4, ; 
gumid 
viloyatl
arda 3 
metrda

chuqurr
oq 
Sizot 
suvlari yer 
yuziga 
yaqin 
joylashgan
da 
tuproqlarn

botqoqlani
shiga olib 
keladi. 
Аllyuvial terrasalar, 
tashilish 
konuslarida yer osti 
suvlarini yer yuziga 
chiqishi; 
kichik 
yopqich 
qatlamli 
gili tuproqlar bilan 
shag‘allardan 
tashkil topadi. 
3. 
Kuchsiz 
drenajlan
gan 
yerlar. 
Tezligi 25-
100 
mm/kun 
bo‘lgan 
sekinlashg
an 
sizot 
suvlari 
oqimlari 
150-300 
Gumid 
iqlimli 
sharoitda 
chuchuk, 
arid iqlimli 
sharoitda 
kuchsiz 
minerallash
gan
Turlich
a, 
sug‘oril
adigan 
yerlard
a 0 dan 
3, 

gacha; 
gumid 
viloyatl
arida 
1,5-.
Yer 
yuziga 
yaqin 
joylashgan
da 
tuproqlar 
botqoqlan
adi; 
arid 
iqlimli 
sharoitda 
kuchsiz 
shoʼrlanad
i. 
O‘rta 
va 
pastki 
daryo 
terrasalari; 
tashilish konusining 
o‘rta 
qismlari. 
Qalinligi 5- gacha 
gilli tuproq bo‘lgan 
qumli 
shag‘alli 
jinslardan iborat. 
4. 
O‘ta 
kuchsiz 
drenajlan
gan 
yerlar. 
Tezligi 5-
25 mm/kun 
boʼlgan 
o‘ta 
sekinlashg
an 
sizot 
suvlari 
oqimlari 
50-150 
Gumid 
iqlimli 
sharoitda 
chuchuk va 
arid iqlimli 
sharoitda 
minerallash
ganligi 
ko‘tarilgan 
suvlar, 
minerallash
ganlik 
cho‘l 
mintaqasid

sahroga 
tomon ortib 
boradi. 
Turli 
xil 
sug‘oril
adigan 
yerlard
a 0 dan 
2- 
gacha; 
gumid 
viloyatl
arda
<1,0-.
Yer 
yuziga 
yaqin 
joylashgan
da 
tuproqlar 
botqoqlan
adi; 
arid 
iqlimli 
yerlarda 
tuproqlar 
sho‘rlaydi. 
Keng 
daryo 
terrasalari, 
suv 
ayirgich tekisliklar, 
o‘yilmagan tog‘oldi 
tekisliklari, 
daryolarni subaeral 
deltalari, 
tashilish 
konuslarining cheka 
qismlari, 
konus 
oralig‘i pastliklari, 
ko‘l, ko‘l-muzlik va 
morena 
yassi 
tekisliklari; 
qum 
yoki 
qum-gilli 
jinslar 
tagida 
yotgan qalin gili 
tuproqlardan tashkil 
topadi. 


19 
1.2.1- jadvalning davomi. 







5. 
Oqimsiz 
yerlar 
Sizot 
suvlari 
havzasi, 
tezligi <5 
mm/kunSi
zot suvlari 
havzasi, 
tezligi <5 
mm/kun
<50 
Gumid 
iqlimli 
sharoitda 
chuchuk va 
arid iqlimli 
sharoitda 
minerallash
ganligi 
ko‘tarilgan 
suvlar, 
minerallash
ganlik 
cho‘l 
mintaqasid

sahroga 
tomon ortib 
boradi. 
Turli 
xil 
sug‘oril
adigan 
yerlard
a 0 dan 
1- 
gacha; 
gumid 
viloyatl
arda
<0,5-.
Yer 
yuziga 
yaqin 
joylashgan
da 
tuproqlar 
botqoqlan
adi; 
arid 
iqlimli 
yerlarda 
tuproqlar 
sho‘rlaydi. 
Daryolarni hozirgi 
zamon va qadimgi 
dengiz 
oldi 
deltalari, 
dengiz 
oldi 
pastliklari, 
daryolarni subaeral 
deltalari, yassi suv 
ayirg‘ich 
tekisliklari morena 
va 
ko‘l-muzlik 
tekisliklari; mayda 
qumlar, gilli-qumli 
yotqiziqlar 
tagida 
yotgan 
gilli 
tuproqlar 
va 
gillardan 
tashkil 
topadi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling