Microsoft Word oquv qollanma latin
Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
chdns
1.2.2.
Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi, rejimi, balansi va umumiy gidrogeokimyoviy sharoitlari Iqlim va gidrogeologik sharoitlarning kompleks taʼsirlaridan sizot suvlarining minerallashganligi o‘ta chuchukdan nomokopgacha o‘zgarib turadi (200-300 g/l). Sizot suvlarining yotishi keng diapozonda o‘zgarib turadi. Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi va kimyoviy tarkibi, fasliy, yillik va ko‘p yillik o‘zgarishlarga uchraydi. Sizot suvlarining rejimi va balansi, tabiiy va xo‘jalik omillari taʼsirida shakllanadi. Har bir iqlim va gidrodinamik mintaqalar doirasida (chegarasida) tabiiy gidrokimyoviy sharoitni murakkablashtiradigan yoki o‘zgartiradigan bir yoki bir necha lokal omillar bo‘lishi mumkin. Bu omillarga quyidagilar kiradi: - tog‘ jinslari va sizot suvlarining hozirgi vaqtda sho‘rlanganligi va qoldiq dengiz sho‘rlanishi; - tarkibida tuz bo‘lgan tub tog‘ jinslari, denudatsiya jarayonlari (parchalanishi, buzilishi, tashilishi, yotqizilishi) va uning mahsulotlarini 20 to‘planishi; sizot suvlarini bosimli yuqori minerallashgan suvlar bilan qo‘shimcha ozuqalanishi; - tuproqlarni soda bilan sho‘rlanishiga olib keladigan sizot suvlarining yuqori ishqoriyligi; - balchiqli vulqonlar va muz-gumbaz tektonikasi. Sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarda gidrogeologik sharoitning turli tumanligi, meliorativ tizimlarni loyiha qilishda va ekspluatatsiya qilishda meliorativ tadbirlarni tabaqalashtirishni zarurligini ko‘rsatadi. Turli gidrogeologik-meliorativ sharoitli maydonlarni bir-biridan ajratish uchun turlarga bo‘lish va gidrogeologik-meliorativ tumanlashtirish usullari qo‘llaniladi. Bu turdagi ishlar, o‘z tarkibiga tajriba-filtratsion ishlarni, yer osti suvlari rejimi va balansi, filtratsiyani matematik modellashtirish, statistik hisoblarni oladigan gidrogeologik sʼyomka asosida bajariladi. Gidrogeologik sharoitlar turi deganda tabiiy sharoitda yer osti suvlarini shakllanish sharoiti va qonuniyatlarini xarakterlaydigan, kutilayotgan melioratsiya taʼsirini va zaruriy tadbirlar tarkibini qulay gidrogeologik sharoitni taʼminlaydigan kompleks koʼrsatkichlarni tushunmoq lozim. Gidrogeologik sharoitni murakkablik darajasi sug‘oriladigan tumanlarda to‘rtta guruhga bo‘linadi: 1. Nisbatan oddiy sharoitli tumanlar. 2. O‘rtacha murakkab sharoitli tumanlar. 3. Murakkab sharoitli tumanlar. 4. O‘ta murakkab sharoitli tumanlar. Orogen guruhdagi sug‘oriladigan tumanlar gidrogeologik sharoitning murakkabgacha o‘zgarib turadi. Ular suv o‘tkazmas qatlamning katta chuqurlikda yotishi bilan va to‘rtlamchi yotqiziqlarni tarkibida suvni yaxshi o‘tkazuvchi mayda va yirik shag‘al (galka va graviy) jinslari mavjudiligi bilan harakterlanadi. Platforma guruhidagi sug‘oriladigan tumanlar, odatda o‘rtacha murakkablik, 21 murakkab va o‘ta murakkab sharoitlar va regional suv o‘tkazmas qatlamlarni kichik chuqurlikda yotishi bilan harakterlanadi. To‘rtlamchi yotqiziqlar tarkibida mayda va yirik shag‘alli jinslar boʼlmaydi. Sizot suvlari deyarlik hamma yerda ozuqa olganligi va doimo harakatda bo‘lganligi, har doim va hamma yerda sarf bo‘lishi mumkinligi uchun, ozuqa olish maydoni qilib asosiy ozuqalanish jarayoni kechadigan maydon qabul qilinadi, oqim oqish (tranzit) maydoni qilib gidrogeologik jarayonning asosiy omili bo‘lib - oqim oqish jarayoni sodir bo‘ladigan maydon qabul qilinadi; sarflanish viloyati qilib - asosiy jarayon sizot suvlari sarf bo‘ladigan maydon qabul qilinadi [20]. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling