Microsoft Word oquv qollanma latin


 Suvdan foydalanishni tashkil qilish tartibi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/43
Sana20.08.2023
Hajmi2 Mb.
#1668748
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
chdns

4.4. Suvdan foydalanishni tashkil qilish tartibi 
1-bosqich. SIU gidrotexniki (bosh mirobi) qishloq xo‘jalik ekinlarini 
daxanalar bo‘yicha joylashishi haqida ma’lumot to‘playdi. 
2-bosqich. SIU kanallariga va Suvdan foydalanishning daxanalariga suv 
berish usullari aniqlanadi. Suvdan foydalanuvchilarning qaysi biriga doimiy suv 
berish (50 ga. dan yuqori), qaysi biriga esa alohida yo‘naltirilgan ravishda suv 
berishdan ya’ni doimiy bo‘lmagan suv berish (uzlukli suv berish)dan iborat. 
3-bosqich. SIU kanalida suvdan foydalanishni rejalashtirish. Sug‘orish 
maydonlarining gidromodul rayoni, yer boniteti hamda qishloq xo‘jalik 
ekinlarining turi va ularni sug‘orish tartibi (rejimi)ga qarab suvdan foydalanish 
rejalashtiriladi. 
4-bosqich. Suvdan foydalanuvchilardan talabnomalar qabul qilish.
SIU kanalidan suvdan foydalanish rejalari yilning fevral ayrim hollarda mart 
oylarni boshlarida tuziladi. Rejada suvdan foydalanuvchilar suv olish vaqtlari 
taqriban belgilab quyiladi. 
Suvdan foydalanuvchilarning suv olish vaqtlari quyidagilarga bog‘liq: 
• 
Manbaada suvning serobligi; 
• 
Tabiy iqlim sharoitlari; 
• 
Qishloq xo‘jalik ekinlarining vegetatsiya davri (ekilgan muddatdan to 
yig‘ib olinguncha o‘tgan muddat); 
• 
Qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanish holati; 
• 
Agrotexnik chora tadbirlari va boshqalar. 
Suvni o‘zaro taqsimlash suvdan foydalanuvchilarning oldindan bergan 
talabnomalariga qarab tashkil qilinadi. 


138 
Suvdan foydalanuvchilarni bergan talabnomalari ular o‘z qishloq xo‘jalik 
ekinini sifatli sug‘orishga tayyor ekanliklarini bildiradi, buning uchun ular 
quyidagi ishlarni bajarganidan dalolat beradi: 
• 
Suv oqib keladigan ariqlarni yovvoyi o‘t va loyqadan tozalangan; 
• 
Sug‘orish uchun egatlar tayyor; 
• 
Yerga kerakli miqdorda ishlov berilgan; 
• 
Yerga kerakli miqdorda mineral o‘g‘itlar berilgan; 
• 
Sug‘orish uchun yetarli darajada suvchilar bor va boshqalar. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling