Microsoft Word oquv qollanma latin
Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
chdns
4.5. Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi Suvning o‘simlik organizimida taqsimlanishi uning rivojlanishining fazasida turlicha bo‘ladi. G‘o‘zaning rivojlanishi unib chiqish, shonalash, gullash va yetilish fazalarida, g‘allasimonlarniki esa unib chiqish, to‘planish, gullash va yetilish fazalaridan iborat. G‘alla ekinlarining suvni eng ko‘p iste’mol qilishi boshoq chiqarish (to‘planish) fazasiga to‘g‘ri keladi. G‘o‘za gullash fazasida umumiy sun’iy 55-65 % ini iste’mol qiladi. Tuproqda shu bilan birga tuproqqa unumdorlik beradigan elementlar (kislorod, vodorod, uglerod, kaliy, kalsiy, magniy, temir, azot, fosfor, oltingugurtlar) ham bo‘lishi kerak. G‘o‘zaning 67-77 %i suvdan iborat. Ekinlar oziq moddalarni o‘zlashtirishi va hosil tugishi uchun ulardagi suv va oziq moddalar ma’lum nisbatda bo‘lishi shart. Rivojlanishning har bir fazasida o‘simlikning suvga talabi agrotexnikaviy tadbirlarga, tabiiy sharoitlarga va gektardan olinishi mo‘ljallangan hosil miqdoriga qarab o‘zgaradi. Turli ekinlar tuproq namligini turlicha talab qiladi. Masalan, texnika ekinlari, ildizmevalar va kartoshka tuproqda to‘liq nam sig‘imining 60-70 %; ko‘p yillik o‘tlar, dukkaklilar va g‘allasimonlar 70-80 %; tovar ahamiyatiga ega donli ekinlar 40-50 %; boshqa donli ekinlar 50-60 % nam bo‘lishni talab qiladi. Suv o‘simlik hayotining normal rivojlanishini muhim faktorlaridan biridir 139 o‘simlik organizmida sodir bo‘ladigan hamma protsesslar o‘simlik hujayralarida yetarli miqdorda suv mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi. Ma’lumki, o‘simliklar tanalarida o‘z og‘irliklarining 60-95 % miqdorida suv bo‘ladi. O‘simliklarning urug‘lari unib chiqishi uchun shu urug‘ og‘irligining ma’lum miqdoridagi og‘irligi hisobida suv zarur bo‘ladi. 4.5.1- jadvalda o‘simliklar urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha o‘simlik organizmi uchun zarur bo‘ladigan suv miqdori ular og‘irligiga nisbatan % hisobida ko‘rsatilgan. 4.5.1- jadval . O‘simliklar urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha o‘simlik organizmi uchun zarur bo‘ladigan suv miqdori. № Ekinlar nomi Zarur suv miqdori,% 1 Chigit 60,0 2 Makkajo‘xori 44,0 3 Bug‘doy 45,5 4 Arpa 48,2 5 Roj (Javdar) 57,7 6 Suli (Oves) 60,0 7 Qand lavlagi 120,3 8 Tarik (Proso) 25,0 9 Gorox (Noxot) 107,0 10 Loviya 76,0 11 Beda urug‘i 56,3 12 Konoplya 44,0 Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki chigit o‘z og‘irligini 60% miqdorida namlikni (suvni) shimigandagina unib chiqa boshlaydi, shu sababli chigitni ekishdan oldin tuproqda yetarldi nam to‘plash uchun har gektar yerga 600- 800 m 3 /ga suv beriladi yoki agar chigit quruq tuproqqa ekilgan bo‘lsa unga undirib 140 olish uchun ham suv beriladi. Bunda tuproqni sovitib yubormaslik uchun 50-60 sm tuproq qatlamini namlash uchun har gektar yerga 650-700 m 3 /ga hisobida nam suvi beriladi. Suv organizmning asosiy mineral tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu tufayli ham atrof-muhitdagi suvning miqdori harorat bilan bir qatorda yashash muhitining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Suv hujayra organoidlarining kolloid holatini ta’minlaydi, suvdagi va metabalizm jarayonida qatnashadigan ko‘p organik hamda mineral moddalarni eritadi, hujayrani saqlaydi, fermentlar ishini kuchaytiradi. Suv va unda erigan mineral tuzlar ildiz orqali o‘simlik organizmiga shimiladi O‘simliklar uchun suvning asosiy manbai yomg‘ir va qor suvlaridir, bundan tashqari o‘simliklar yana yer osti suvlari, shudring va tumanlardan ham foydalanadilar. Ana shu suvlarning umumiy miqdori va ularning yil fasllari bo‘ylab taqsimlanishi o‘simliklar hayoti uchun juda muhimdir. Masalan, ba’zi bir tropik iqlim sharoitidagi mamlakatlarda ya’ni Janubiy-Sharqiy Osiyo yoki Braziliyada bir yilda 10000 mm gacha yog‘in yog‘adi, buning ustiga iqlimi issiq va qish ham bo‘lmaydi, natijada o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun o‘ta qulay sharoit mavjud. Masalan, Braziliya hududida 40 ming va Indoneziya hududida 42 mingga yaqin o‘simlik turi o‘sadi. Markaziy Osiyo cho‘l zonasida yog‘inning o‘rtacha yillik miqdori 80 150 mm ni tashkil etsa, Janubiy- G‘arbiy Afrikada joylashgan Namibiya sahrosida (Valfishbay tumani) bir yilda taxminan 8 mm yog‘in yog‘adi. Lekin shunga qaramasdan bu yerlarda ham o‘simliklar o‘sadi. Markaziy Osiyoning tog‘li tumanlarida yog‘in ko‘p yog‘ib, 1200 mm gacha yetadi, uning yil fasllari bo‘ylab taqsimlanishi ham mavjud. Shu sababli bu hududlarda 7 mingga yaqin o‘simlik turlari o‘sgan bir paytda quruq va yozi issiq bo‘lgan cho‘l zonalarida esa atigi 800 ga yaqin o‘simlik turi o‘sadi. O‘simliklar organizmlarida suv, moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi. Suv to‘qimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlarining 141 singishini, fizik termoregulyatsiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni ta’minlaydi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling