Microsoft Word oquv qollanma latin
O‘zbekistonning geologik va gidrogeologik sharoitlari
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
chdns
1.2.O‘zbekistonning geologik va gidrogeologik sharoitlari
1.2.1. Geologik tuzilishi , sizot suvlarining gidrodinamik mintaqalari bo’ycha tavsifi O‘zbekiston hududi tekislik, tog‘lik va tog‘ oralig‘i cho‘kmalaridan iborat. Tog‘ massivlari Tyanshan burmali sistemasining g‘arbiy chekkasi bo‘lib, ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, uning aksariyat qismi Ural-Oxota, qolgani Alp- Himolay burmali mintaqasiga mansub. Tyanshanning O‘zbekiston hududidagi geologik tuzilishida tog‘ jinslarining ikkita megakompleksi ishtirok etgan. Tog‘ tuzilmalaripi tashkil etgan quyi megakompleks proterozoy va paleozoy yoshidagi murakkab dislokatsiyalangan cho‘kindi, metamorfik va magmatik jinslardan iborat. Yuqorisi mezozoy va kaynozoyning genetik har xil bo‘lgan, aksar tekisliklarda, tog‘ oralig‘i vodiylari, botiqlar hamda kichikroq ko‘tarilmalarda tarqalgan yotqiziqlaridir. O‘zbekiston hududida O‘rta va Janubiy Tyanshan jinslari yer yuzasiga chiqib qolgan. Ularning qoplama-burmali sistemasida yer po‘stining tokembriydan perm davrigacha bo‘lgan evolyupiyasini aks ettiruvchi turli geodinamik muhitning hosilalari ishtirok etadi [3]. 16 Tyanshanning geologik tuzilishidagi o‘ziga xoslik shundaki, hududning geologik rivojlanishida uning mezozoygacha va mezokaynozoy davri tarixida keskin farq mavjud. Tog‘ inshootlari, asosan, okean havzalari doirasida shakllangan tokembriy va paleozoy yotqiziqlaridan tuzilgan. Keyinchalik takrorlangan bir qancha tektonik jarayonlar natijasida kontinental va okean osti yer po‘sti jinslari, turli davrlarda mavjud bo‘lgan orollar yoyi majmualari jinslarining qorishuvilgan Tyanshanning yer po‘sti qalinligi 55 km. li murakkab geterogen strukturaga aylangan. O‘rta Tyanshan O‘zbekistonning shimoliy-sharqida joylashgan va Ugom, Sandalash, Piskom, Chatqol va Qurama tizmalarini o‘z ichiga oladi. Quyi toshko‘mir yotqiziqlari Piskom, Ugom, Chatqol tizmalari, Pistalitov, Xonbandi va Nurota tog‘larining shimoliy etaklarida keng tarqalgan. O‘rta toshko‘mir davrida O‘rta Tyanshan hududida (Mo‘g‘ultov, Qurama, Chatqol, Piskom va boshqa tizmalar) diorit-monsodiorit-granodiorit-adamellit tarkibli intruziyalar shakllangan. Yirik va murakkab strukturali Qurama. Qoramozor, Chatqol va boshqa massivlar aynan shulardan tuzilgan. Keyinroq Qurama hududida vulkanizm rivojlangan. Tyanshan O‘zbekistan hududida Sulton Uvaystog‘, Bo‘kantov, Tomditov, Ovminzatov-Beltov, Quljuqtov, Nurota, Molguzar tog‘lari, Turkiston va Zarafshon tizmalari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari, Chaqilikalon, Hisor tizmasi, Janubiy Farg‘onani o‘z ichiga oladi. U mazkur hududlarda turli davrlarda mavjud bo‘lgan qadimiy havzalarning okean osti yer po‘sti qoldiqlari va siyalik qobiqchi mikrokontinentlar bo‘laklari, shuningdek, granitoid mintaqalarning vulkaniq- plutonik va kollizion jinslaridan tashkil topgan. Tyanshan strukturalari tokembriy va paleozoy jinslaridan tuzilgan. Tokembriy kesimida metamorfizm jihatdan bir-biridan keskin farqlanuvchi 2 ta majmua ajralib turadi. Quyisi radiologik aniqlangan yoshi 1600-1700 va 1750 mln. yoshga teng gneys; plagio-gneys; biotitli, kordierit-sillima-nitbiotitli va boshqa kristalli slanetslar; 17 kvarsit va amfibolitlardan iborat siyalik tarkib bilan harakterlanadi. Yuqori tokembriy majmuasi Qizilqum va Nurota tog‘larida topilgan. U kechkiproterozoy paleohavzasining rivojlanish bosqichiga taalluqchi vulkanogen-kremniyli-karbonat yotqiziqlardan tuzilgan. Kembriy boshlarida Turkiston okean havzasining sayoz passiv chekkalarida karbonat va terrigen-karbonat cho‘kindilar to‘plangan. Yerlarni melioratsiya qilish nuqtai nazaridan, sug‘orish va zax qochirish obyektlari gidrogeologik sharoitlarining omillari va ko‘rsatgichlariga quyidagilar kiradi: sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi, rejimi, balansi va umumiy gidrokimyoviy sharoiti. Quydagi 1.2.1- jadvalda sizot suvlarining gidrodinamik mintaqalari bo’ycha tavsifi keltirilgan. 1.2.1- jadval. Sizot suvlarining gidrodinamik mintaqalari Mintaqa lar Mintaqalar tavsifi Sizot suvlari oqimlari turlari Yer osti suvi oqimining qiymati, mm/yil Sizot suvlarining asosiy minerallash ganligi, g/l Sizot suvlarini asosiy yotish chuqur ligi, m Sizot suvlarining tuproq hosil boʼlish jarayoni dagi ahamiyati Geomorfologik sharoit 1 2 3 4 5 6 7 1. Kuchli (jadal) drenajlan gan yerlar Turli tezlikda xarakatlan uvchi sizot suvlarining chuqur joylashgan oqimlari Gilli yotqiziqlar da 100- 300 dan 500-700 shagal jinslarida Barcha iqlim sharoitlarid a o‘ta chuchuk va chuchuk >50-10 (tabiiy sharoitd a va sug‘oril adigan yerlard a) Ishtirok etmaydi, tuproqlar avtomorf Tog‘ oldi shleyflari va tashilish konuslarining yuqori qismlari; chuqur o‘yilgan togʼoldi tekisliklari va allyuvial tekisliklar, baland daryo oldi zinalari, gili tuproqlardan tashkil topadi. 18 1.2.1- jadvalning davomi. 1 2 3 4 5 6 7 2. Drenalang an yerlar >100-200 mm/kun tezlikda harakat qiluvchi sizot suvlari oqimi 300-500 Barcha iqlim sharoitlarid a o‘ta chuchuk va chuchuk Turli xil sug‘oril adigan yerlard a 0-4, ; gumid viloyatl arda 3 metrda n chuqurr oq Sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan da tuproqlarn i botqoqlani shiga olib keladi. Аllyuvial terrasalar, tashilish konuslarida yer osti suvlarini yer yuziga chiqishi; kichik yopqich qatlamli gili tuproqlar bilan shag‘allardan tashkil topadi. 3. Kuchsiz drenajlan gan yerlar. Tezligi 25- 100 mm/kun bo‘lgan sekinlashg an sizot suvlari oqimlari 150-300 Gumid iqlimli sharoitda chuchuk, arid iqlimli sharoitda kuchsiz minerallash gan Turlich a, sug‘oril adigan yerlard a 0 dan 3, 4 gacha; gumid viloyatl arida 1,5-. Yer yuziga yaqin joylashgan da tuproqlar botqoqlan adi; arid iqlimli sharoitda kuchsiz shoʼrlanad i. O‘rta va pastki daryo terrasalari; tashilish konusining o‘rta qismlari. Qalinligi 5- gacha gilli tuproq bo‘lgan qumli shag‘alli jinslardan iborat. 4. O‘ta kuchsiz drenajlan gan yerlar. Tezligi 5- 25 mm/kun boʼlgan o‘ta sekinlashg an sizot suvlari oqimlari 50-150 Gumid iqlimli sharoitda chuchuk va arid iqlimli sharoitda minerallash ganligi ko‘tarilgan suvlar, minerallash ganlik cho‘l mintaqasid a sahroga tomon ortib boradi. Turli xil sug‘oril adigan yerlard a 0 dan 2- gacha; gumid viloyatl arda <1,0-. Yer yuziga yaqin joylashgan da tuproqlar botqoqlan adi; arid iqlimli yerlarda tuproqlar sho‘rlaydi. Keng daryo terrasalari, suv ayirgich tekisliklar, o‘yilmagan tog‘oldi tekisliklari, daryolarni subaeral deltalari, tashilish konuslarining cheka qismlari, konus oralig‘i pastliklari, ko‘l, ko‘l-muzlik va morena yassi tekisliklari; qum yoki qum-gilli jinslar tagida yotgan qalin gili tuproqlardan tashkil topadi. 19 1.2.1- jadvalning davomi. 1 2 3 4 5 6 7 5. Oqimsiz yerlar Sizot suvlari havzasi, tezligi <5 mm/kunSi zot suvlari havzasi, tezligi <5 mm/kun <50 Gumid iqlimli sharoitda chuchuk va arid iqlimli sharoitda minerallash ganligi ko‘tarilgan suvlar, minerallash ganlik cho‘l mintaqasid a sahroga tomon ortib boradi. Turli xil sug‘oril adigan yerlard a 0 dan 1- gacha; gumid viloyatl arda <0,5-. Yer yuziga yaqin joylashgan da tuproqlar botqoqlan adi; arid iqlimli yerlarda tuproqlar sho‘rlaydi. Daryolarni hozirgi zamon va qadimgi dengiz oldi deltalari, dengiz oldi pastliklari, daryolarni subaeral deltalari, yassi suv ayirg‘ich tekisliklari morena va ko‘l-muzlik tekisliklari; mayda qumlar, gilli-qumli yotqiziqlar tagida yotgan gilli tuproqlar va gillardan tashkil topadi. 50>5>5> Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling