Microsoft Word oquv qollanma latin


 Irrigatsion sizot suvlari


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana20.08.2023
Hajmi2 Mb.
#1668748
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
chdns

1.2.3. Irrigatsion sizot suvlari 
O‘zbekiston sharoitida, sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik sharoit keskin 
o‘zgarishlarga uchragan. Tabiiy jaryonlar o‘rnini sunʼiy, xo‘jalik faoliyati bilan 
bog‘liq jarayonlar egallaydi. Sizot suvlari atmosfera yog‘inlari, yer usti oqar 
suvlari (daryolar), yer osti suvlari oqimlari, irrigatsion suvlar, sho‘r yuvish suvlari, 
bosimsiz sizot suvlaridan pastda joylashgan bosimli suvlardan kelib qo‘shiladigan 
suvlar hisobiga ozuqa oladi. Sug‘orish maydonlarida sizot suvlarining ozuqa 
olishida irrigatsion suvlar va pastdagi bosimli suvlar katta rol o‘ynaydi. 
Sug‘orishdan bo‘ladigan infiltratsiya hisobiga sizot suvlarining ustida infiltratsion 
suvlar to‘planadi. Ularni irrigatsion sizot suvlari deb yuritiladi.
Irrigatsion sizot suvlari, xususan sizot suvlaridan faqat hosil bo‘lishi bilan 
emas, balki harakati bilan farq qiladi. Ular sizot suvlari yuzasida yotadi va ularga 
bosim bilan taʼsir qiladi. Ular infiltratsiya bo‘layotgan yerlarda sizot suvlari sathini 
ko‘taradi va pastga qarab tik harakat hosil qiladi. Bu ikki xil suvlar 
minerallashganligi bilan bir-biridan farq qiladi. Xususan sizot suvlarini 
minerallashganligi 
yuqori 
bo‘lsa, 
irrigatsion-sizot 
sizot 
suvlarining 
minerallashganligi past darajada boʼladi. Sizot suvlari yuzasida minerallashganligi 


22 
past bo‘lgan yerlarda ko‘p vaqtlarda (hollarda) chuchuk, turli qalinlikka ega 
bo‘lgan irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘ladi.
Birinchidan, agar sug‘orish dalalari ostida minerallashganligi past 
irrigatsion-sizot suvlari hosil boʼlsa, sug‘oriladigan tuproqlarda sho‘rlanish 
jarayoni deyarli kechmaydi, tuzi yuviladi va qulay meliorativ holat vujudga keladi. 
Ikkinchidan, hosil bo‘lgan minerallashganligi past irrigatsion-sizot suvlari, suv 
tanqis yillari sug‘orish suvlarining qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanishi mumkin. 
Uchinchidan, ayrim hollarda minerallashganligi yuqori suvlar hosil bo‘lishi 
mumkin, va ular yerlarni qayta sho‘rlanishiga sababchi bo‘ladi. O‘zbekistonning 
sug‘oriladigan maydonlari ostida 24,32 km
3
irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari 
mavjudligi aniqlandi. Ulardan minerallashganligi 0-1,0 g/l bo‘lgan suvlar - 0,6234 
km
3
, minerallashganligi 1-3,0 g/l bo‘lgan suvlar - 15,93 km
3
, minerallashganligi 3-
5,0 g/l bo‘lgan suvlar 4,4 km
3
, minerallashganligi 5-10 g/l bulgan suvlar 2,8 km
3
va minerallashganligi 10-20 g/l bo‘lgan suvlar 0,6 km
3
irrigatsion-sizot suvlari 
mavjud. Jami 24,3 km
3
zahiradan iborat [23]. Irrigatsion-sizot suvlari hosil 
bo‘lishini har doim ham ijobiy hodisa deb bo‘lmaydi. Аyrim hollarda, sug‘orish 
taʼsirida irrigatsion-sizot suvlarini hosil bo‘lishi, pastki chuqurliklarda to‘plangan 
(mavjud bo‘lgan) suvda yaxshi eriydigan tuzlarni yer yuziga qarab harakat 
qilishiga olib keladi va tuproqlarda qayta sho‘rlanishni paydo bo‘lishiga olib keladi 
Yangi, irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘lishi vaqtida, qishloq xo‘jaligi uchun 
noqulay sharoit-bu ularning barqaror emasligidadir. Irrigatsion-sizot suvlari 
xususan sizot suvlarini bosadi va bosimlar farqi hisobiga pastga qarab harakat 
qiladi va xususan sizot suvlarini pastga va yon atrofga tarqalishiga (bosilib 
kirishiga) olib keladi. Sizot suvlari bilan o‘simlik qobig‘i o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik turli xil ko‘rinishda amalga oshadi. Sizot suvlari kapillyar g‘ovaklar 
orqali tuproqning ildiz tizimi rivojlangan chuqurligiga yetib boradi va uni 
ozuqlantiradi. Bu ijobiy omil hisoblanadi. Аgar sizot suvlari yer yuziga yaqin 
joylashgan bo‘lsa, tuproqdagi g‘ovaklar suvga to‘ladi, ular havoni o‘tkazmaydi va 


23 
natijada o‘simlikning rivojlanishi susayadi yoki o‘ladi, yoki hosildorlik kamayadi 
Osma sizot suvlari sugʼorish maydonlarida biror-bir qonuniyatga bo‘ysunmay 
tarqaladi, va dalalarda turli kattalikdagi maydonchalarning meliorativ holatini 
buzadi. Qayta sho‘rlanish sodir bo‘ladi. Lekin osma sizot suvlari dalaning hamma 
yerida, hamma ekinlar ekilganda ham hosil bo‘lavermaydi. Osma sizot suvlari 
hosil bo‘lishi uchun aeratsiya mintaqasida kichik qalinlikdagi tarqalish maydoni 
chegaralangan, suvni yomon o‘tkazadigan yoki o‘tkazmaydigan gilli qatlamchalar 
bo‘lishi shart. Ikkinchidan sug‘orishdan shimilayotgan suvning miqdori (W) 
qatlamchaning filtratsiya koeffitsientidan katta bo‘lishi kerak (W>>K). Demak, 
bug‘lanish sizot suvlari yuzasidan sodir bo‘lmaydi, balki kapillyar hoshiya 
yuzasidan sodir bo‘ladi. Shu sababli zovurlarda sizot suvlar sathini 
pasaytirayotganda, faqat sizot suvlari chuqurligiga emas, balki uning tepasida hosil 
bo‘lgan kapillyar hoshiyaning chuqurligiga eʼtibor qaratish kerak.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling