Microsoft Word oquv qollanma latin
Tuproqning granulometrik tarkibi, uning havo, issiqlik va suv
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
chdns
2.4. Tuproqning granulometrik tarkibi, uning havo, issiqlik va suv
rejimlariga ta’siri G‘ovak tuproq paydo qiluvchi jinslarning granulometrik tarkibi ularning hosil bo‘lishi va boshlang‘ich jinslar harakteriga bog‘liq. Tog‘ jinslarining nurash mahsulotlari parchalanishi, suv va shamol oqimlari ta’sirida ko‘chirilish va yotqizilishi jarayonida ularning qayta saralanishi va yer yuzasida yirik bo‘lakli 50 jinslar, qumli, changli yoki loyli yotqiziqlar holida to‘planishi sodir bo‘ladi. Bunda allyuvial va eol yotqiziqlari tarkibi bir-biriga o‘xshash, yaxshi saralangan qum, qumloq, soz zarrachalarini ko‘p saqlaydigan holga o‘tadi. Muz, muz-suv va deluvial yotqiziqlari esa yomon saralangan, har xil kattalikdagi zarra (bo‘lak)lar aralashmasidan tashkil topgan. Turli katta kichikligidagi zarralar odatda turli minerologik hamda kimyoviy tarkibga ega. Tuproqlarda mexanik elementlar nafaqat boshlang‘ich ona jinslardan o‘tgan, albatta asosiy qismi shunday kelib chiqishiga ega bo‘lsa ham, ammo bir qismi tuproq paydo bo‘lish jarayonida ham hosil bo‘lgan. Shuning uchun tuproqning mexanik elementlarini mineral, organik yoki organo-mineralli zarrachalar tashkil etadi. Shunga ko‘ra tuproq mexanik elementlari birlamchi (ona jinslaridan o‘tgan) yoki ikkilamchi (yangi hosil bo‘lgan) bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan mexanik elementlar klassifikatsiyasi ko‘p ishlatiladi (2.4.1--jadval). Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, nam sig‘imi kabi xossalari hamda havo- suv, issiqlik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, sug‘orish va zax qochirish melioratsiyasida bu ko‘rsatkichlar muhim rol o‘ynaydi. Qum va qumloq tuproqlar yengil haydalganidan dehqonchilikda bularni yengil tuproqlar jumlasiga kiritiladi. Suvni yaxshi o‘tkazib, maqbul havo rejimiga ega, tez isiydi. Lekin bu tuproqlar qator salbiy xususiyatlarga, jumladan, kam nam sig‘imiga ega. Shuning uchun hatto seryog‘in rayonlarda ham o‘simliklarga nam yetarli bo‘lmaydi. Yengil tuproqlarda chirindi va o‘simliklar uchun zarur oziq moddalar kam va singdirish qobiliyati past bo‘ladi, shamol eroziyasiga ko‘proq uchraydi. Og‘ir qumoq va soz tuproqlar ancha yuqori birikkanligi va nam sig‘imining ko‘proq bo‘lishi bilan harakterlanadi. Oziq moddalar bilan yaxshiroq ta’minlangan, chirindiga boy. Bunday tuproqlarga ishlov berishda aytilganidek, ancha ko‘p kuch va energiya sarflanadi. Shuning uchun bu tuproqlar og‘ir tuproqlardeb yuritiladi. 51 2.4.1- jadval. Mexanik elementlar klassifikatsiyasi Zarrachalar o‘lchami, mm Mexanik elementlar (fraksiyalar) nomi Gruppalari >3 3-1 Tosh Shag‘al Tosh qismi 1-0,5 0,5-0,25 0,25-0,05 0,05-0,01 Qum:yirik O‘rta Mayda To‘zon(chang): yirik «Fizik qum» 0,01-0,005 0,005-0,001 0,001-0,0005 0,0005-0,0001 <0,0001 O‘rta Mayda Loyqa: dag‘al Nozik Kolloidlar «Fizik loy» Strukturasiz og‘ir tuproqlar noqulay fizik va fizik-mexanik xossalarga ega. Suv o‘tkazuvchanligi past, yengil changlanib ketadi, qatqaloq hosil bo‘ladi, zichligi yuqori, yopishqoqligi va ko‘pincha havo, issiqlik rejimlarining noqulay bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlar ham qumli va qumloq tuproqlar singari qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun uncha qulay emas. Strukturali va kam 52 strukturali engil qumoq va o‘rta qumoq tuproqlar qator maqbul xossalari bilan harakterlanib, dehqonchilik uchun qulaydir. Tabiiy iqlim sharoitlari va tuproq tiplariga ko‘ra mexanik tarkibining maqbulligi ham o‘zgaradi. Masalan, dasht zonasining yaxshi strukturali qora tuproqlari uchun ancha og‘ir mexanik tarkib (og‘ir qumoq va soz tuproqlar) ham namni yaxshi to‘plash imkonini beradi. Bo‘z tuproqlarda esa o‘rtacha qumoq mexanik tarkib ancha yaxshi hisoblanadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling