Microsoft Word oquv qollanma latin
Tuproqdagi suvning shakllari. Suvning tuproq va o‘simlikdagi harakati
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
chdns
2.5.Tuproqdagi suvning shakllari. Suvning tuproq va o‘simlikdagi harakati
Tuproqdan suv olish uchun o‘simlik iddiz hujayralarining so‘rish kuchi tuproq eritmasining surish kuchidan bir muncha yuqori bo‘lishi shart. Chunki tuproqda bunday so‘rishga qarshilik qiluvchi kuchlar mavjudki, ular suvni ushlab turuvchi kuchlar deyiladi. Odatda, tuproq tarkibida suv toza emas, balki ma’lum konsentratsiyali eritma holida bo‘ladi. Eritmaning konsentratsiyasi tuproqdagi suvda eruvchituzlar va boshqa moddalarning miqdoriga bog‘liq. Bundan tashqari tuproqda osmotik qarshilik bilan bir qatorda adsorbsion xususiyatdagi qarshilik ham bor. U suv molekulalarining tuproq donachalari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatidan kelib chiqadi, ya’ni suv tuproq donachalari bilan har xil darajada birikadi va natijada tuproqda har xil shakllar hosil bo‘ladi. Tuproqda suvning ikki xil shakli bor: fizikaviy birikkan suv va kimyoviy birikkan suv. Kimyoviy birikkan suv mineral kolloidlar va minerallar tarkibida birikma yoki molekula shaklida uchraydi. Fizikaviy shakldagi suv quyidagi xillarga bo‘linadi: 1. Bug‘simon suv. 2. Gigroskopik suv. 3. Pardasimon suv. 4. Kapillyar suv. 5. Gravitatsion suv. 53 Har qanday sharoitda tuproqdagi suvinig bir qismi bug‘ holatiga o‘tadi. Tuproq g‘ovakliklaridagi bug‘ tuproq haroratini o‘zgarib turishi natijasida tomchi holatiga o‘tishi va o‘simlikning ildizi orqali o‘zlashtirilishi mumkin. Gigroskopik suv-tuproq zarralari yuzasiga singdirilgan namlikdir. Parda suv-tuproq zarrachalarining sirtidan yupqa parda singari o‘rab olgan bo‘ladi. O‘simlik o‘zlashtira olmaydigan suvning shakli. 1.Gigroskopik suv. 2. Parda suv. O‘simlik o‘zlashtira oladigan suvning shakli. 1. Kapillyar suv. 2. Gravitatsion suv. 3. Bug‘simon suv. Kapillyar suv - tuproq qatlamlaridagi kapillyar g‘ovaklar orqali quyi qatlamdan yuqori qatlamga erkin harakat qiladigan suvdir. Kapillyar suv tuproqning juda mayda kapillyarlarini to‘ldiradi va o‘simlikni suv bilan ta’minlashda asosiy manbalardan hisoblanadi. Gravitatsion suv - tuproqning- nokapillyar g‘ovaklari orqali yuqoridan quyi qatlamlariga erkin harakatlanadigan suv gravitatsion suv deyiladi va undan o‘simlik qisman foydalanadi Bug‘simon suv - har qanday sharoitda tuproqdagi suvinig bir qismi bug‘ holatiga o‘tadi. Tuproq g‘ovakliklaridagi bug‘ tuproq haroratini o‘zgarib turishi natijasida tomchi holatiga o‘tishi va o‘simlikning ildizi orqali o‘zlashtirilishi mumkin. Tuproqdagi erkin o‘zlashtiriladigan suv shakllari o‘rtacha 0,5 mPa, qisman o‘zlashtiriladigan suv shakllari 1,2 mPa va o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan suv shakllari 1,25-3,0 mPa.gacha bo‘lgan kuch bilan ushlanib turadi. O‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan suv - suvning o‘lik zaxirasi deyiladi. O‘lik zaxiraning miqdori odatda, tuproq turiga va tarkibiga qarab o‘zgarib turadi. 54 Tuproqning to‘la nam bilan ta’minlanganligi to‘la nam sig‘imi deyiladi. To‘la nam sig‘imi ham tuproq turlariga qarab har xil miqdorga ega: yirik qum~23,4 %, mayda qum~28,0 %, yengil qumoq~33,4%, og‘ir qumoq-47,2 %, og‘ir soz-64,6 % va boshqalar. O‘simliklarning to‘la suv bilan ta’minlanish jarayonida ildiz tizimi asosiy o‘rin egallaydi. SHuning uchun ham ildizning rivojlanish jadalligi morfologik tuzilishlari tuproqdan suv va suvda erigan mineral elementlarni so‘rishga moslashgan. O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Bunda o‘simlik tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv miqdori bir-biriga to‘rg‘i kelishi lozim. Lekin yozgi ochiq kunlarda quyosh nurlari ta’siridan transpiratsiya kuchayishi va o‘simlik qabul qilayotgan suv uning o‘rnini qoplay olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda suv taqisligi ro‘y beradi. Aksariyat hollarda taqchillik 5-10 foizga teng va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi. Chunki asosan tush vaqtida bo‘ladigan bunday suv taqchilligi odatdagi hodisa hisoblanadi. O‘simlik uning ta’sirida transpiratsiya jadalligini tartibga solib turish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv taqchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Transpiratsiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori kamayib kolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi va o‘simliklarningsuvmuvozanati ancha qattikbuziladi. Bu ayniqsa, kunning eng issiq soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y berganda barglar so‘lib va osilib qoladi. Suv taqchilligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: D= (1-M/M 1 )·100 bu yerda: D - suv taqchilligi; M - barg kesmalarining (doiracha) suvga solguncha bo‘lgan og‘irligi, g; M 1 - barg kesmalarining 60 daqiqa davomida suvda saqlangandan keyingi og‘irligi, g. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling