Microsoft Word O'um bsat btsti 2021-2022 2-qism


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/109
Sana24.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1115264
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
Bog'liq
O\'UM BSAT BTSTI 2021-2022 2-qism

Foydalanilgan adabiyotlar
1. 
M. M. Aripov, T. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot texnologiyalari» T. 
TDTU, O’quv qo’llanma, 1-qism, 2002 yil.
2. 
S. S. G’ulomov, A. T. Shermuhammedov, B. A. Begalov «Iqtisodiy informatika» 
T. – «O’zbekiston» – 1999 yil.
3. 
S. S. G’ulomov va boshqalar «Axborot tizimlari va texnologiyalari» T. –«Sharq» - 
2000 yil.
4. 
T. X. Xolmatov, N. I. Taylaqov, U. A. Nazarov «Informatika va hisoblash 
texnikasi» T. – «O’zb. M. E. » – 2001 yil.
5. 
Aripov M. M., Otaxanov N. A. DELPHI dasturlash tili. 492-bet. Namangan, 2007 
y. 492 b.
6. 
Н. Вирт. 1989. Алгоритмы и структуры данных. Москва, Мир, 360 стр.
7. 
С. А. Немнюгин. TURBO PASCAL. Учебник. Москва, Питер, 2002 г. 512 с. 


160 
5 - Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini me’yoriy xujjatlarini tayyorlashda Word 
dasturidan foydalanishni o‘rgatish.  
Ishning maqsadi: Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini me’yoriy xujjatlarini tayyorlashda 
Word dasturida ishlashni o’rganish.
Kutilayotgan natija: Word dasturi to’g’risidagi ma’lumotlarga bo’lish, unda ishlashni 
o’rganish va ish jarayonida samarali foydalanish.
Amaliy ishning rejasi: 
1. 
Word matn muxarririda jadval tashkil etish 
2. 
Word dasturi menyulari bilan ishlash 
Nazariy ma’lumotlar: 
Jadval tashkil etish. Jadval tashkil etish uchun menyudagi Таблица bo’limiga kirib, 
Вствит таблица qatori tanlanadi. Ekranda so’roq vazifasini bajargan xolda satr va ustunlar 
sonini kiritishni talab qiluvchi oyna xosil bo’ladi.
Kerakli ustun va satrlar soni kirtilib [Enter] yoki [OK] tugmachalari bosiladi. Masalan, 
ikkita satr va beshta ustundan jadvalni xosil qilish uchun Число строк bandida 2 sonini, Число 
столбец satrida 5 sonini kiritish lozim va [OK] buyrug’i beriladi. Natijada ish stolida kerakli 
jadval xosil bo’ladi.
Kiritilgan jadvaldagi satr yoki ustunlar soni ko’p bo’lganda ularni kamaytirish uchun 
kerakli satr tanlab olinib, menyudagi Таблица bo’limiga kirib, Удалить ячейки qatori tanlanadi. 
Kiritilgan jadvaldagi satr yoki ustunlar soni etmay qolganda ularning sonini ko’paytirish uchun 
ixtiyoriy bir satr tanlab olinib, menyudagi Таблица bo’limiga kirib, Вставиь ячейки qatoriga 
kelib, [Enter] tugmachasi yoki “sichqoncha” ning chap tugmachasi bosiladi. Jadvaldagi 
katakchalar o’lchamlarini o’zgartirish uchun menyudagi Таблица bo’limiga kirib, Высота и 
ширина ячейки qatoriga kelib, [Enter] tugmachasi yoki “sichqoncha” ning o’ng tugmachasi 
bosiladi, natijada katakchalarning o’lchamlarini o’zgartirish imkonini beradi.
Word oddiy rejimda ishlash bilan birga, ikkinchi tomondan chegaralanmaganlik 
imkoniyatlariga ega. U boy shriftlarni, shu jumladan, milliy shriftlarni osongina ishlatish 
imkoniyatini beradi. Hozircha ingliz va rus hamda xorijiy tillarida yozilgan jumlalarning 
orfografik va semantik xatolarini avtomatik ravishda tuzata olishi, matnlarni istalgan ko’rinishda 
va o’lchamda chiqarishi, matnlar bilan ishlashni tez amalga oshirishi, texnikaviy matnlardagi 
formulalar bilan ishlashning osonligi va yana juda ko’p boshqa jihatlari bilan boshqa matn 
tahrirlovchilaridan farq qiladi. Uning yana muhim bir xususiyati, agarda turli jadvallar, 
diagrammalar va grafiklar matnda ishlatilishi talab qilinsa, boshqa amaliy programmalardan 
foydalanish (OLE texnologiyasi) imkoniyatini beradi, masalan: 
· elektron jadvallardan Lotus 1, 2, 3, Excel; 
· grafik tahrirlovchilardan CorelDraw, Paint Brush; 
· taqdimot uchun foydalaniladigan Power Point
· berilganlar bazasidan Access, Visual FoxPro; 
va boshqalardan foydalanib, ularda olingan obyektlarni Wordda tayyorlangan hujjatlar 
tarkibiga kiritish mumkin.
Xullas, Wordning imkoniyatlari kengayib borib, hozirda u ajoyib chop qiluvchi sistema 
tarzida shakllandi desak yanglishmaymiz. Shuni aytish lozimki, Word 6. 0, Word 7. 0, Word 97 
Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lsa, Word Perfect firmasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan shu nomli tahrirlovchi programmalar ham hozirda keng qo’llaniladi. U ham o’z 
imkoniyatlari jihatidan Wordga yaqin.


161 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling