Cells buyrug’ini tanlang.
• Muloqot oynasidan to’rtta mumkin bo’lgan usullardan birini tanlang: ya’ni Shift Cells
Right (Yacheykalarni o’ngga surish), Shift Cells Down (Yacheykalarni pastga surish), Insert
Entire Row (Butun satrni qo’shish), Insert Entire Column (Butun ustun qo’shish). Okni
bosing.
Yacheykalarni bo’lish va ulash. Ba’zan jadvalga tepa qism qo’yish kerak bo’ladi. Bu
jadvaldagi barcha ustunlar uchun bir xil bo’lishi kerak. Buning uchun satrdagi bir necha
yacheykalarni birlashtirib, bitta katta yacheyka hosil qilish kifoya. Yacheykalar ulangandan
so’ng, Winword birlashgan yacheykaning ichidagi har bir alohida olingan yacheykadagi
narsalarni ko’rib chiqadi. Abzatslar biri ikkinchisini pastiga joylashadi. Yacheykalarni
birlashtirish uchun satrdagi barcha yacheykalarni markirovka qilish kerak va Table menysidagi
Merge Cellsni chaqirish kerak. Birlashgan yacheykani bo’lish uchun buni markirovka qilib,
Table dan Split Cellsni chaqirish kerak.
Yacheyka, satr va ustunlarni olib tashlash Yacheyka, satr va ustunlarni olib tashlash
uchun ularni avval markirovka qilib, Table menysidagi zarur buyruq chaqiriladi.
- Delete Cells ()
- Delete Rows
- Delete Columns
[Del] yoki [Backspace] klavishlari orqali markirovka bo’lgan qismlarni olib tashlash
mumkin emas. Bular bilan faqat yacheyka ichidagilar olib tashlanadi.
Jadvallarni bo’lish Jadvalni ikki qismga bo’lish mumkin. Buning zarurligi shundaki, agar
jadvallar orasiga rasm yoki matn yozmoqchi bo’linsa yoki jadvalni bir necha varaqqa tushirish
kerak bo’lsa u ikki qismga bo’linadi. Bo’lish uchun kursorni ikki jadvalning birinchi satriga
qo’yiladi va [Ctrl+Shift+Enter] yoki Table menysidagi Split Table buyrug’idan foydalanish
mumkin. Agar jadval hujjat tepasida joylashgan bo’lsa va uning tepasiga matn kiritmoqchi
bo’lsangiz, kursorni jadvalning birinchi yacheykasiga qo’ying va [Ctrl+Shift+Enter] klavishlar
kombinatsiyasini bossangiz, Winword jadval tepasidan sarlavha uchun kerakli joy ajratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |