191
8 - Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Arxivlash dasturlari. Fayllarni axrivlash va arxiv fayllarni ochish.
Ishning maqsadi: Fayllarni arxivlashni o’rganish va ochish.
Kutilayotgan natija: doc, xls, ppt fayllarni arxivlashda sodir bolayotgan jarayonni kuzatib
uni taxlil qilib natijaga erishish.
Amaliy ishning rejasi:
1.
Arxivlash va arxivlash
dasturlari
2.
Antivirus dasturlari
3.
Kompyuter viruslari va ularni davolash
Nazariy ma’lumotlar:
Arxivlash va arxivlash dasturlari. Arxivator yordamida ochish mumkin bo’lgan,
tarkibida bir yoki ko’p (odatda kompressi-yalangan) fayllar va axborot bo’lgan fayl.
Odatda
arxivlar dasturiy mahsulotlar yoki zahira nus-xalarni tarqatish uchun yaratiladi. Tar, gzip
formatidagi arxivlar – UNIX (LINUX) tizimlarida ishlatilsa, zip, rar, arj kabi formatdagi arxivlar
esa Windows amali tizimlarida ishlatiladi.
Tashqi qurilmada ixcham va uzoq muddatli saqlash uchun fayllarni zichlash(arxivlash) va
zichlangan fayllarni dastlabki shaklga qaytarish (arxivcizlash) uchun mo’ljallangan dastur yoki
dasturlar majmuasi. Arxivatorlar fayllarni ixchamroq saqlash imkonini berishdan tashqari yana
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- Ish katalogining barcha, ba’zi yoki muayyan qolipga
mos fayllarni arxiv fayliga
qoshish;
- Fayllarni arxiv fayliga qoshish;
- Fayllarni arxiv faylidan o’chirish;
- Arxiv faylning tarkibini ko’rish;
- Arxiv faylidan alohida fayllarni olish yoki barcha
fayllarni arxivsizlantirish;
- Boshqa tizimda arxivsizlantirish dasturi mavjudligini talab qilmaydigan o’zi
ochiladigan arxiv fayllarni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: