Microsoft Word oyisha ziyouz com doc


Download 495.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/55
Sana10.07.2023
Hajmi495.48 Kb.
#1659411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Oisha roziyallohu anhu

oxiratdagi zavjangdir”, deydi (Termiziy rivoyati). Nabiy alayhissalomning avvalgi 
zavjalari Xadicha roziyallohu anho vafot etganidan keyin Alloh taolo bu muborak nikohni 
muvofiq ko’rdi. Xadicha onamiz hijratdan uch yil burun vafot etgandi. Nabiy 
alayhissalom ikki yil yoki shunga yaqinroq vaqtdan keyin Oishani olti yoshida nikohlab 


Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
oldilar. 
Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: “Xadicha onamiz qazo qilganidan keyin Xavla binti 
Hakim Nabiy alayhissalom oldilariga kirib: “Uylanmaysizmi, ey Rasululloh?”, deydi. U 
zot: “Kimga?”, deb so’raydilar. Xavla binti Hakim aytadiki: “Bokira qizgami, yoki 
juvongami?” U zot yana so’raydilar: “Bokira qiz kim, juvon kim?” Xavla binti Hakim: 
“Bokira qiz sizga eng sevimli bo’lgan kishining qizi Oishadir. Juvon esa sizga iymon 
keltirgan va sizning yo’lingizga ergashgan Savda binti Zam’a”, deydi. Rasuli Akram 
aytadilar: “Ikkisini ham so’rab ko’r-chi”. U xotin darhol onam Ummu Ruvmonning oldiga 
borib: “Ey Ruvmon, Alloh sizlarga baraka va xayr ato qilsin”, deydi. Ummu Ruvmon 
bundan hayron bo’ladi va xushxabarni eshitganidan so’ng: “Biroz kutib tur, erim Abu 
Bakr kelsin”, deydi. Abu Bakr uyga qaytganida buni bildirishadi. Abu Bakr roziyallohu 
anhu bu mujdadan biroz taraddudlanib: “Birodar bo’lsak qizim unga munosib 
bo’larmikin”, deydi. Bu gap Rasul alayhissalomga yetkazilganda: “Men uning 
birodariman, u ham mening birodarim, qizi menga munosib bo’ladi”, deydilar”. 
Oisha roziyallohu anho nubuvvat uyiga darhol ko’chib o’tmadi. Nabiy alayhissalom 
nikohlab olsalar ham u bilan qovushishga shoshilmadilar. Ehtimol hali uning yosh ekani 
yoki hijratdan oldin Nabiy alayhissalomning boshiga tushgan musibatlar haddan tashqari 
kuchaygani buning orqaga surilganiga sabab bo’lgandir. Balki hijrat va undan keyin 
birin-ketin kelgan ulug’ ishlar bu borada biroz sabr qilib turishni taqazo etgandir. 
Nabiy alayhissalom Madinaga hijrat qilganda Oisha roziyallohu anho Nabiy alayhissalom 
oilasi bilan Makkada qoldi. Rasuli akram Madinada qo’nim topganlaridan keyin olib 
kelishga bir kishini jo’natdilar. 
Oisha roziyallohu anho hijrat safarini shunday ta’riflaydi: “Nabiy alayhissalom Madinaga 
hijrat qilganlarida bizni va qizlarini uyda qoldirdilar. Madinaga borganlaridan keyin olib 
ketish uchun Zayd ibn Horisa bilan Abu Raf’ini yuboradi. U ikkisiga ikki tuya va Abu 
Bakrdan olgan besh yuz dirhamni beradi. Ikkovi bu pulga yo’l uchun kerakli ulov sotib 
olishadi. Abu Bakr Abdulloh ibn Urayqitga ikki yoki uch tuya berib, shu ikkisiga qo’shib 
jo’natadi. Shuningdek, Makkada turgan o’g’li Abdullohga xat yozib, onam Ummu 
Ruvmonni, meni va opam Asmoni jo’natishni tayinlaydi. Qudayd degan joyga yetib 
kelishganda Zayd bu pulga uchta tuya sotib oladi. Shundan so’ng Makkaga yo’l oladilar. 
Makkadan jo’nash hijrat uchun chiqqan Talxani ham qo’shib oldilar. Hammamiz birga 
yo’lga tushdik. Zayd va Abu Rof’i Fotima, Ummu Kulsum, Savda, Ummu Ayman va 
Usoma bilan birga chiqdi. Shahardan uzoqlashganimizda bir yalang joyda men mingdan 
tuya hurkib qochdi. Kimningdir jilovni tashla degani qulog’imga chalindi. Darhol jilovni 
qo’yib yubordim. Shunda tuyaning tagida birov turgandek bir joyda aylanib qoldi. 
Oldinda onam borardi. U meni “Ey qazimo, ey kelino”, deb chaqirgani hamon esimdan 
chiqqan emas. Shu tarzda Madinada yangi qurilgan masjid oldiga kelib tushdik”. 
Hijrаtning ikkinchi yili Rаmаzоn оyining 17 - kunidа Bаdr jаngi bo’lib o’tаdi. Bu jаngdа 
qurаysh mushriklаri shаrmаndаlаrchа yеngildi. Ulаrdаn аyrimlаri qаtl qilindi, bоshqаlаri 
esа аsir оlindi. Bаdr islоm tаriхidа eng ulug’ sаnаlаrdаn biri bo’lib qоldi. Nаbiy 
аlаyhissаlоm bu g’аlаbаdаn bеhаd quvоndilаr. Bu хursаndlik vа quvоnchli vоqеа 
musulmоnlаrning ko’nglini ko’tаrdi. Bаdr kuni o’zidаn kеyin хursаndlik vа sururli kunlаrni 
birin-kеtin ergаshtirib kеlаvеrdi. Nаbiy аlаyhissаlоm o’shа kunlаrdа eng sеvimli zаvjаsi 
Оishа rоziyаllоhu аnho bilаn qоvushishni munоsib dеb tоpdilаr. Shundаy qilib Nаbiy 


Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz 

Download 495.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling